Статистика |
XOZIR SAYTDA 13 MEXMON 13 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2013 » Май » 20 » Ayollar! erkaklarni asrang!
12:13 Ayollar! erkaklarni asrang! |
Bir oilada tug'ilgan bolalar ayni shirin davrida, 2-3 yashar bo'lganida o'lib qolaverarkan. Allohning irodasi ekan. Har gal Ona bechora O'lik bolasini bag'riga bosganicha bo'zlab-bo'zlab yig'larkan, uning dod faryodiga osmon toqat qilolmay, duv- duv yosh to'karkan. Tog'lar larzaga kelib, daryo- yu dengizlarda toshqin paydo bo'larkan. Lekin erning ko'zidan biror tomchi ham yosh chiqmas ekan. Har gal bolasi olamdan ko'z yumganida Onaizor boshini devorlarga urib yig'larkan, sochlarini yularkan, yuzlarini tirnarkan. "Sen o'lguncha men o'lsam bo'lmasmidi",- deya Allohdan oziga o'lim tilarkan. Er bo'lsa bu kulfatni jimgina o'tkazaverarkan. Har gal boladan judo bo'lganida mushtipar Ona farzand dog'ida 1-2 oylab kasal bo'lib yotarkan. Tabiblar turli dori darmonlar berishib, har xil muolajalar qilib uni arang oyoqga turg'azisharkan. Oilada unga og'ir ish qildirishmas, qattiq botadigan gap etishmas, ko'ngliga qarab ish tutishar ekan. Er esa soppa sog'day yuraverarkan. O'n birinchi farzand 3 yoshida olamdan o'tganida Onaning toqati toq bo'libdi. -Hoy Er, Otamisan o'zi, nimasan ?! Nega qayg'urmaysan?! Xotin shunday deb tik turgan Erining yoqasidan olib, siltagan ekan, Er yerga gup etib tushibdiyu Jon taslim qilibdi !!!!! Bechora Er g'amni ichiga yuta-yuta tugab, bir siltashgayam bardosh berolmaydigan holga kelgan ekan...
|
Просмотров: 413 |
Добавил: shox5230
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|