Har erta tong qaysi saytga kirmay bitta mavzuda so'z ketib muhokama bo'lib boradi...Ayol kishi unaqa, ayol kishi bunaqa...Jon erkaklar nahotki kuningiz shundayin g'iybatga qolgan bo'lsa. Balkim bu gaplarimdan sizlarning ko'zingizga yomon otliq bo'larman lekin avvalo o'zlaringizni ayollar oldidagi qarzingizni eslab qo'ysangiz yomon bo’lmasdi. To’gri balkim ko’nglizdagiday emasdur ayolingiz, tili ikki qarich, fel-atvori tez, sal narsaga do’q uradigan. Bundaylarni ko’rib yon atrofdagilar "shu ham ayolmi” der, biroq sizning bunday atashga haqqingiz yo’q. Ming shunday nom bergan taqdiringizda ham Alloh sizdan rozi bo’lmas. Aslida birodarlar sizlarning qalbingizni shu ayolingiz isitib turadi. Nahotki hech o’ylab ko’rmasangiz shu ayolim balkim men noshudni deb shu holga tushdi deya.
Tasavur qilib ko’ring qaysi millatning ayoli erini ishidan kelishini ochiq chehrada unga shirin ovqatlar tayorlagan holda kutib oladi, yoki qamarib ketgan qo’llari bilan erini paypoqlarini yuvadi. Ayolingizga birdona gul keltirish uyoqda tursin hatto shirin so’z ham aytmaysiz. Lekin u hayotidan nolimaydi, aksincha qozoningizni jazzilatib yuraveradi. Chunki bu uning uchun oddiy hayot tarzi bo’lib qolgan. Ko’p kezlarda sho’rlik ayollarimiz og’riq holga tushib qolsa oilasining tinchligini o’ylab lom-mum demaydi, biroq jonini jabborga berib aziyat chekib hizmatingizni qilaveradi. Ayolning eng qiyin vaziyati qaysi bilasizmi? Homilador bo’lgan kezi. Tursun opa Sodiqova aytganiday, "Farzand ko’rish jarayonida ayol qorong’u go’rni ko’rib qaytadi. Yo hayot yo momot deb turgan qutquv ko’prikdan o’tadi.”
Shunda ham ayolingizni hurmat qilmaysiz, ishdan kelib oyog’ingizni osmon qilib divanga ag’anaysiz, yonboshlab televizor ko’rasiz. Yoningizda go’dak bolachalaringiz sizni ishdan kelishingizni ko’zlari to’rt bo’lib kutsayu sizni esa parvoyingiz palak, aksincha ayolingizga qarab do’q urasiz. Ayolingiz esa ertayu kech sizning juvonimagingizga alla aytib, qornini to’qlab, yig’lasa jonini tig’yon bosib, kotta qilib rohatini ko’rsam deydi. Jon erkaklar ayol kishi yerdan chiqqan qo’ziqorin emas. "Alloh roziligi uchun ham asrang ayolni. Bu hokisor buyuklikka ko’tarmoqchi bo’lgan qo’llaringizni o’zingiz sud qiling. Unga beparda so’zlar otmoqchi bo’lgan tilingizga olovlar bosing. Har gal ayolingiz sizga egilib qo’lingizga suv quyib va sochiq tutgan payitlar bo’yingiz bir gaz o’smaydimi. Sizni yuqoriga o’tkizib, o’zi poygakka cho’kkalaganda, o’zingizni podishoh sezmaysizmi. Hayot mamotini sizga bag’ishlab qattiq ostonangizga bosh qo’yib yashashini o’zi sizni ko’klarga ko’tarmaydimi. O’zini nelardir qo’msayotgan ko’nglini yerlarga ko’mib qo’yib, taomni sizga yoqadiganini pishirsa, siz hush ko’radigan choy damlasa, sizni dilingigizga qarab dasturhon bezasa, bu siz uchun osimoniy mukofat emasmi. Bergan Hudoga yoqibdi degan naql bor. Ayol huzirini yo’qotib sizga huzr berayotur, sizning bu hursandlingizdan Alloh ham hursandur. Ammo bandalarni norozi qilish, sizning ham yelkangizdagi yuk. O’zingiz ham ayolingizni mehnatlariga yarasha hushnud qilishni har gal yurangizngizga tugib qo’ying birodar.” Mana sizlarga haqiqat, ayolingiz oldida qanchalik qarzdor ekaningizni yoddan chiqarmang azizlarim. Nahotki shundan keyin ham ayolingizni buyuk hisoblamasangiz???!!!
|