Eslaysizmi o'sh kunlarni,
Dil berardim gul evaziga. Sevishimni hamma-hammadan Yashirardim qalb qafasiga. Faqat sizga ochardim sirni, Olov qo'yib tovushlariga. Ko'zingizdan uchgan mehrni, Qamar edim hovuchlarimga. Shunday, shirin edi u kunlar, Shunday shirin tushlar ko'rganman. Bu tush... bo'lsa, qachon, qayerda, Yuragimni sizga berganman. Siz ketdingiz... Yig'lab ergashgan Nimamki bor, bir-bir soldim tig'. Bo'g'zim nadur, hovuchim nadur, Umrimgacha armonga to'liq. Ko'z yoshimning soyalarida, Nur haqida xayol suraman. Sizdan yodgor qolgani uchun- Armonlarni yaxshi ko'raman. Sizsiz o'lib qolaman devdim O'lolmadim... ming bor uzr, dil. Siz borsizki, yorug' dunyoda Shu dunyodan uzmasman ko'ngil. Bu qandayin bekor sadoqat? O'z-o'zimga savol beraman. Javobim shu: faqat va faqat Axir... sizni... yaxshi ko'raman.
|