ARZONGA SOTDING Yorug' dunyo ko'rmay o'tdim dunyodan Yoshligimdan yoshga to'ldi bu ko'zim, Qayg'u hasratlarim to'lgan zamonda Sen meni arzonga sotding, ey do'stim. Bu dunyo men uchun alomat bo'ldi, Do'stim deb so'zladim, malomat boldi, Nechun do'stlar bazmi qiyomat bo'ldi, Sen meni arzonga sotding, ey do'stim. Xiyonating bilan qiynaldi jonim, Nafratdan qoraydi tiniq osmonim, Ammo butun qoldi toza iymonim, Sen meni arzonga sotding, ey do'stim. Yolg'on hayratlarga ishondim uzoq, Soxta mehr qo'ydi jonimga tuzoq, Nechun qulab ketdi ishong degan tog', Sen meni arzonga sotding, ey do'stim.
|