Armonlarga bo‘ysungim kelmaydi. Armonlar meni itoat ettirishini istamayman. Lekin hozir yuragimda armondan boshqa tuyg‘uga joy qolmagandek.
Undan ayrilganimga haligacha ishongim kelmaydi. Chunki tushlarimda doim uni ko‘raman. Ko‘z oldimdan ketmaydi sira. Nazarimda, har bir muyulishda, har bir ko‘chada u mening izimdan qarab turgandek. Biroq uni hech qaerdan topolmayman.
Sog‘inaman, o‘rtanaman. Armonlarim meni tinch qo‘ymaydi. Sen ham mendek ezilyapsanmi, hayotimni tark etgan muhabbatim? Yoki o‘zga go‘shalarda, sevgisiz ko‘ngillarga hamrohlikdan baxtiyormisan? Shuni bilgim keladi...