Главная » 2014»Октябрь»9 » AQShlik erkak 800 mingta asalariga talanib halok bo‘ldi.
19:29
AQShlik erkak 800 mingta asalariga talanib halok bo‘ldi.
AQShning Arizona shtati Duglas shahrida yashovchi erkak asalari galasi hujumi natijasida halok bo‘ldi. Galada taxminan 800 mingta ari bo‘lgan. Yana bir necha kishi arilar chaqishidan jarohat olgan. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan 8-oktabr, seshanba kuni tongda turar joy yaqinida sodir bo‘lgan. Uy tomi ostidagi 2 metrli maydonga asalarilar uya qurgan bo‘lgan. Mahalliy yong‘inga qarshi xizmat vakili Mario Novoaning ta’kidlashicha, 800 mingga yaqin asalari chaqishidan besh kishi jabrlangan, ulardan biri oqibatda vafot etgan. “Asalarilar hujumi haqida biz-bizga tez-tez xabarlar tushib turadi, biroq shahrimizda ari chaqishi natijasida odam halok bo‘lishi birinchi marta kuzatilmoqda”, — dedi u. Ari uyasini yo‘q qilish uchun dezinsektorlar tomning bir qismini ko‘chirib olishdi. Uyning egasi — 90 yoshli qariya hodisadan jabr ko‘rmadi.