Главная » 2016»Январь»12 » AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi bilan IShIDning moliyaviy markazi yo‘q qilindi
19:52
AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi bilan IShIDning moliyaviy markazi yo‘q qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan Iroqning Mosul shahrida IShIDning katta miqdordagi naqd pul mablag‘i saqlab kelingan binosiga zarba berildi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining markaziy boshqarmasi vakili bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“IShID guruhi mazkur obyektdan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga mo‘ljallangan naqd pullarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanib kelgan”, ― deya ma’lum qilindi.
Oldinroq CNN telekompaniyasi IShIDning Mosuldagi moliyaviy markaziga ikkita 900 kilogrammli bomba tashlanganini xabar qilgan edi. Portlash oqibatida bino bir zumda vayron bo‘lgan.