Статистика |
XOZIR SAYTDA 10 MEXMON 10 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Май » 16 » Aql va Qalb qay biriga quloq solish kerak???
17:23 Aql va Qalb qay biriga quloq solish kerak??? |
Bular huddi bir davlatdagi ikki oppozitsion partiya kabidir. Ya'ni boshqaruvni ba'zan Aql qo'lga olsa, ba'zida esa Qalb qo'lga oladi. Bu hokimiyat esa juda qisqa (ba'zan bir necha soniyagina) vaqtda almashib turadi. Qalb har doim ayni vaziyatga baho bersa, Aql teskarisi keyingi oqibatni ham hisobga oladi. Masalan, rahbaringiz sizni juda qo'pol so'z bilan haqorat qildi. Agar shunda sizdagi ichki hokimiyatga Aql o'tirgan bo'lsa, Qalbingiz bundan qanchalar ezilsada, unga javob variantlari taklif qilsada, hokim Aql bularning hech biriga erk bermaydi, erta ishsiz qolish ehtimoling bor, deb. Agar hokimiyatga Qalb o'tirgan vaziyat bo'lsa, Aql sho'rlik ertangi kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolar ro'yhatini ilova qilsa ham, bo'lganicha-bo'lar, deb yo uni qaytarib so'kasiz, yoki urasiz va hokazo. Ichki davlatimizda doimo davlat to'ntarilishi bo'lib turar ekan. Shular chiqargan hulosaga ko'ra amal qilar ekanmiz, unda har ikalovini ham musulmon qilmasak, gunohkor bo'lish ehtimolimiz 50/50 bo'ladi. Bu esa ijobiy natija emas! Shuning uchun ham duo qilishimiz kerakki, Aqlimga Qur'onni va Qalbimga Iymonni jo qil, deya. Alloh Ta'olo barchamizning ushbu duoimizni ijobat aylasin. Amiyn.
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 957 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|