Apple Tayvanda maxfiy laboratoriyasini ochdi — OAv
Amerikaning Apple korporatsiyasi Tayvan shimolida yangi laboratoriya ochdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bloomberg agentligining vaziyatdan xabardor manbalariga ko‘ra, ushbu laboratoriyada Apple muhandislari displey ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari ustida ishlash bilan shug‘ullanadi. Longtan shahrida joylashgan laboratoriyada kamida 50 nafar muhandis ishlab, iPhone va iPad uchun displeylar ishlab chiqmoqda.
Laboratoriya haqida batafsilroq ma’lumotlar berilmayapti. Apple korporatsiyasi ham bu axborotni izohlaganicha yo‘q.