Anna Kurnikovaning onasi hibsda… Rossiyalik mashhur tennischi Anna Kurnikovaning onasi Alla Palm-bichda hibsga olindi. Uni onalik vazifasini bajarmagani uchun qamashdi.
Horij matbuoti xabarlariga qaraganda, sportchi Anna Kurnikovaning 5 yoshli ukasi Allan uyda kattalarning qarovisiz qoldirilgan va ikkinchi qavat derazasidan yiqilib tushgan. Qo’shnilar bolaning yig’isini eshitib, 911 ga qo’ng’iroq qilishgan. Vrachlar Allanning oyog’i va tanasining pastki qismi lat yeganini qayd etishdi. Bola derazadan atay sakraganmi yoki tasodifan yiqilib tushganmi, policiya aniqlaganicha yo’q. Lekin, Allanning aytishicha, u derazadan atay sakragan. Vrachlar uyga yetib kelishganda, Anna Kurnikova uyda yo’q edi. Uyning hamma eshiklari yopiq bo’lgan. Policiyachilar Allaning mobil telefoniga qo’ng’iroq qilib tushishdi, ayol ularga ish yuzasidan ko’chaga chiqqanini, bola birga borishni istamaganini tushuntirdi. Natijada Alla bolani uyda qoldirishga qaror qilgan ekan. Kurnikovaning policiyachilarga aytishicha, u uydan 50 daqiqaga chiqib ketishga majbur bo’lgan.
|