AQShning Yuta shtati Orem shahrida Kerri Bunker va Kelli Uoll ismli egizaklar ikkinchi marta egiz farzandli bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press.
36 yoshli opa-singillar birinchi marta bir necha oylik farq bilan egizaklarni dunyoga keltirgan edi. Ayni paytda o‘sha egizaklarning bir jufti to‘rt, ikkinchi jufti besh yoshda, bundan tashqari, Bunkerning ikki yoshli farzandi ham bor. Ikkinchi marta Bunker Uolldan uch hafta keyinroq farzand ko‘rdi.
Ayollarning aytishicha, ular nafaqat opa-singil, balki dugona, qo‘shni va hamkasblardir, shu tufayli to‘qqiz bolani birgalikda katta qilmoqchi.
Egizaklar bola ko‘rgan kasalxona xodimi aytishicha, “ba’zi egizaklar” ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) jarayonidan so‘ng paydo bo‘lgan.
|