Bu Dunyoni tark etayotgan Yigitning, Sevgilisi uchun yozgan xatini she'riy tarzda ifodalab yozdim. Agar taqdir sabab,Ketsam yoningdan,
Iltimos taqdirni qilma aybdor,Jonim seni butkul tark etsam,Bilgin-ki bu sening peshonangda bor... Baxtsizman deb boshing urmagin toshga,
Azizam mensizlik qilmasin alam.Bu dunyo to'ymagan,to'ymas ko'z yoshga,Shu sabab yig'lama aziz yorginam... Azizam vada ber yig'lamaslikka,
Doimo baxtli qiz bo'laman degin.Sizsiz yashaganman,Yashay olaman,O'zga yorla baxtga yetaman degin... Meni sog'inib qolsang azizam,
Tunlari osmonga Yulduzlarga boq,Shu on men xam seni sog'inib,Osmonlardan qarayman Mushtoq... Bir kuni yoningga Qaytaman jonim,
Balki baxordagi qaldirg'och bo'lib,Qarshi olgin jonim, jilmayib maxzun,Yig'lama,Kulgin shodlikka to'lib. Balki men qaytarman oppoq qor kabi,
Sen sevgandek Yog'arman bo'lib Laylak Qor,Yo'llaring yoritgum yorug' nur kabi,O'sha nurdan izlagin ko'zlarimni yor... Seni kuzatgayman xuv osmonlardan,
Eng porloq, Eng yorqin bir Yulduz bo'lib,Sog'insang Boqgin men tomonlarga,Yorqinroq porlayman quvonchga to'lib... Men ketgach qabrimga borma Azizam,
Meni deya bo'lmasin,ko'zlaring xech nam.Ko'z yoshlar to'kmasang,kulib eslasang,Qabrimda osuda yotaman men xam... Allohga omonatsan sevgilim,
Mani baxtim senga bergaydir illo.Men-ku baxting ko'ra olmadim,Baxting bersin,Sen chun qilay iltijo... Azizam ketyapman, Mayli yaxshi qol,
Mensiz yig'lab chekmagin nido...Vadangda tur,men chun xam o'zing baxtli bo'l.Vido aytmqolik og'irdir,Netay kechir, Alvido...
|