60 000 km
Inson tanasida mavjud bo'lishiga qaramay, mikroskop vositasi bilangina ko'rinadigan mayda tomirlarning uzunligi (taxminan) 60 000 km. dir. 500 milliard
Har yili o'simliklar atmosferaga chiqarayotgan kislorodning og'irligi – (taxminan) 500 milliard tonnadir. 260-400 milliard
Inson tanasi bir kunda (taxminan) 260-400 milliardcha qon hujayralari ishlab chiqaradi. 227 million
Yuragimiz hayotimiz davomida 227 million litr qon haydaydi. 109 ta
Tabiatda mavjud bo'lgan 109 turdagi atomlarning farqli shakl va miqdorda bir oraga kelishi natijasida Er yuzida hayratomuz, turfa moddalar vujudga kelgan. 50 million
Burunda "nasal epitelyum" deb atalgan zar vositasida turli hidlarni sezasiz. Bu zarda 50 millionga yaqin asab (nerv) hujayralari bordir. 25 km
Kechalari to'dalashib ozuqa izlab yo'lga chiqadigan Guacharo nomli qushlar, poloponlarini to'ydirish uchun 25 km uzoqlarga uchib, borib keladilar. 6 ta
Ko'z atrofida oltita muskul bo'lib, ular ko'zning o'ngga va chapga, yuqoriga va pastga va boshqa harakatlar qilishiga yordamchi bo'ladilar. 96 500 km
Qondagi hujayralar tanadagi qon miqdorining yarmini tashkil qilishlariga qaramay, yon-yoniga tizilsalar 96 500 km lik chiziqchani hosil qiladilar. Bu – Er yuzining sirtini ikki marta aylanib chiqish, demakdir. 21 kg
Ucha oldaigan eng og'ir qush Otis tarda bo'lib, og'irligi 21 kg dir.
3 500 dan ortiq ferment
Inson hujayrasida 3 500 dan ortiq fermentlar bo'lib, bularning bir nechasining kam bo'lishi hujayra ichidagi faoliyatning buzilishiga olib keladi. Buning oqibatida hujayralar parchalanadi, ya'ni, o'ladi. 100 dona
Urg'ochi anakonda bir martada 100 ta tuxum qo'yadi va o'zini shu tuxmlar ustida kulcha holiga keltiradi. Bu harakatdan maqsad, tuxumlar ustiga soya berib ularni salqinlatish, harorat tushganida esa vujudini titratib ularni isitishdir. 11 275 m
Rüppell nomli kalxat turi 11 257 m balandlikda ucha oladi.
100 000 km
Inson tanasidagi tomirlarning jami 10 000 km dan ko'pdir. Bir insondagi tomirlarning uchlarini birlashtirilsa Er yuzini ikki yarim marta aylanib chiqa oladigan darajada uzun bo'ladi. 23 040 marta
Biz bir kunda (taxminan) 23 040 marta nafas olamiz.
200 ta
Etuk inson boshining bir kvadrat santimetrida 200 ta soch ildizi bordir. 230 kg
Jirafalar bir haftada o'rtacha 230 kg o't eydilar. 900 mujallad
Agar DNK dagi ma'lumotlarni biron qog'ozga tushirmoqchi bo'lsangiz, har biri (taxminan) 500 sahifadan iborat 900 mujallad kitobdan iborat kattagina kutubxona paydo bo'lardi. 100 km
Ninachi hech bir erga qo'nmay (taxminan) 100 km uzoqlikka ucha oladi. Urchish davrida esa, botqoqlik ustidan (taxminan) 15-35 km tezlik bilan ucha oladi. 20 million
O'rtacha kattalikdagi aysberg (muz tog')ning og'irligi (taxminan) 20 million tonnadir.
|