Bolaligimda Buvimlani uyiga ko'p borib turardik, Doim buvimlani maxallasida bolalar bilan o'ynashga chiqganimizda bir yigitni ko'rardim. U soqov yani gapira olmasdi. Onamdan u xaqida so'rardim, nima uchun bunaqa bo'lib qolgan deb. Yosh bo'lganim uchunmi onam bu xaqida aytsalar xam tushunmas edim... Ammo yillar o'tdi. Buvimni uyiga mexmonga keldik. Aynan o'sha soqov yigit uylanayotgan ekan,Buvimni aytishicha Unga o'ziga o'xshash bir soqov qizni olib berishibdi, Allohning qudratini qarang, Xar bir bandani o'z jufti bilan yaratar ekan. Onamdan qiziqib u xaqida so'radim. Onamni aytishlaricha Bolaligida qattiq kasal bo'lib qolgan va doktorlar unga notog'ri ukol qilib qo'ygani sabab, u gapira olmaydigan bo'lib qolgan ekan. Balki bu uning taqdiridir, balki bir doktorning xatosi sabab, u shu ko'yga tushgandir. Ammo Uning biror do'sti yo'q edi. Undan xamma o'zini olib qochar, Bazan orqa tomondan uning ustidan kulishardi. Oradan yillar o'tib ular farzandli bo'lishdi. ALLOH shunchalik qudratliki ularning farzandi bemalol gapira oladi.Farzandlarining gapira olishi ular uchun juda katta baxt ekanligi shundoq bilinib turadi... ALLOH BUYUK ekanligiga oddiy xayotda ko'p bora guvox bo'lamiz. ALLOH barchamizni o'z panohida asrasin omin.
|