Bollivud qirolichasi deya tan olingan aktrisa Priyanka Chopra har bir insonda sodir bo’luvchi aksa urish holatini juda yomon ko’radi. Chunki, bu holat uning allergiyasi qo’zg’alsa juda kuchli tarzda sodir bo’lar ekan. Masalan ba’zi insonlarda gul hidiga, ba’zilarda ziravorlarga allergiyasi bo’lsa, bu holatlarda inson allergiyasi qo’zg’almaslik uchun aynan o’sha narsalardan uzoqroq yurishga harakat qilishadi. Lekin buni qaranki, Priyankaning allergiyasi aynan "chang”dan ekan. Changdan esa qochib qutulib bo’lmaydi. Priyanka Ko’proq chang yutdimi, tamom aksa urishdan to’xtamaydi. Maxsus shifokori muolajasidan keyin bosilar ekan. Shuning uchun har syomka jarayonlarida uning yonida xar doim shifokori hamroh bo’ladi…..