Xabaringiz bor, shu oyning 22 sanasida uzoq kutilgan "M&TVA 2009" musiqa va tele-video asarlar nominatsiyasi bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Iste'dodli aktyor Alisher Uzoqov "Yilning eng yaxshi aktyori" nominatsiyasi bo'yicha kuchli uchtalikka kirdi!...
Ushbu nominatsiyada Alisher Uzoqovdan tashqari, Bobur Yo'ldoshev va Adiz Rajabovlarning ham nomzodlari ko'rsatilgan. Ammo tan olish kerak, ushbu yilda Alisher Uzoqov juda sermahsul ijod qildi. Yil avvalida "Janob hech kim" kartinasidagi muvaffaqiyati, keyinchalik o'zi xohlagan obrazni "So'nggi lahza" filmida yaratdi. Yilning so'nggi oylarida esa Jahongir Ahmedovning "Uylanish" kartinasidagi roli chin ma'noda ushbu nominatsiyada juda ham loyiq nomzod ekanligidan dalolat beradi. Alisher Uzoqovga omad tilaymiz.