29-sentabr kuni "3 chinor" to'yxonasida "Uylanish", "Omad", "Tundan tonggacha" kino kartinalarining rejissyori Jahongir Ahmedovning
nikoh marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu kun rejissyor bo'ydoqlik safidan
chiqdi. Biz saytimiz nomidan yosh oilaga baxt-omad, tinchlik salomatlik
tilab qolamiz. Endi esa yangi film haqida. Bir necha kun avval Zarina
Nizomiddinovaning ijodga qaytgani haqida ma'lumot bergan edik. Mana
nihoyat barchasiga oydinlik kiritamiz. Zarina NizomiddinovaAlisher Uzoqov bilan birgalikda "Qorako'z" filmida sur'atga tushishdi. Uzoq muddatlik tanaffusdan so'ng Zarina yana katta ekranlarda. Film o'z muhabbati uchun pok yo'lda kurashgan ikki yosh taqdiri haqida. Alisher Uzoqov:
Deyarli har bir filmda sevgi munosabatlari bir-biriga o'xshab ketmoqda.
Lekin bu filmda mening qahramonim yo oilasini yoki sevgisini tanlashi
kerak bo'lib qoladi. Yaratgan obrazim bir so'zli yigit, so'zini ustidan
chiqa oladigan, lavz berdimi uni qiladigan yigit. Menga tushayotgan
takliflarning aksariyati komediya janridagi filmlar bo'lgani uchun,
jiddiyroq obrazni yaratmoqchi edim. Shu sababli mana Jahongir Ahmedov
bilan yana birgalikda ishladik. Ko'pincha etishadi muhabbat insonni
qutqaradi deb, lekin bu filmda inson o'z muhabbatini qutqarishi kerak
bo'ladi. Zarina Nizomiddinova: Ushbu filmda O'zbekona qiz,
aqilli hushli, judayam odobli, ota -onasini gapini ikta qilmaydigan
mehribon qiz obrazini yaratdim. Ikki yosh pok yo'l bilan o'z muhabbati
uchun kurashadi. Shu bilan birga, film tarbiyaviy ahamiyatga ega.