Qizlarning sevimli honandasi Ulug'bek Otajonovning jiyani Ali bilan suhbatimizni o'qishga chorlab qolamiz.
-Saytga kirib turasizmi o'zi?
- Bir marta kirganman,yo'q ikki marta ekan. Bizni taklif
qilganingizdan hursandmiz. Mana san'atkorlar bilan uchrashib turibsiz.
Saytga omad, ishlariga rivoj tilayman. Shunaqa muxlislari ko'p bo'lsin.
- Shou-biznes bilan saytlarni bir-birga qanday aloqasi bor?
- Masalan shou-biznesni oladigan bo'lsak umuman san'atga aloqasi bor
nafaqat sayt misol gazetalarimiz bor. Misol uchun muxlislarimiz nafaqat
gazeta, radiolarda emas balki internetlarda saytlarda biz haqimizda
bilib olishadi. Menimcha saytlar ko'proq bo'lgani yaxshi.
- Ijodingizda qanday yangiliklar? Umuman ko'rinmay qoldingiz.
- Hudo xoxlasa bahorda yangi albomimni chiqartish niyatim bor. Oynai
jahonda kam ko'rinyapti degani ijoddan to'htagani degani emas. Har bir
san'atkor ko'rinmay qolsa ham ijod qilaveradi. Men ham ijoddan
to'htaganim yo'q.
Bu ijodkorimiz bilan samimiy suhbatimiz o'z nihoyasiga
yetgani yo'q. Tez kunlarda Ali Otajonov bilan eng qiziq suhbatni
faqatgina bizning sayt orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi. Alining
ishlariga ulkan muvaffaqiyat va omadlar tilab qolamiz.
Dilshod Umarov suhbatlashdi.
|