“Yevrovideniye - 2009” g`olibi Aleksandr Ribak 1986-yilning 13-mayida sobiq SSSRning Minsk shahrida (hozirda Belorus respublikasi) tavallud topgan. U to`rt yoshligida ota-onasi Norvegiyaga ko`chib ketadi. Uning otasi skripka va pianino chaladi. Aleksandr besh yoshligidanoq skripka chalishni bilar edi. 2006-yilda sahnaning old qismidagi ajoyib harakatlari natijasi o`laroq u Norvegiyada musobaqada g`alaba qozongan edi. 2009-yil “Yevrovideniye - 2009” ga boorish uchun aynan uning “Ertak” (“Fairytale”) nomli qo`shig`i tanlandi. Aynan shu qo`shiq unga g`alaba keltirdi. Bu uning katta sahnadagi ilk g`alabasi. 2009-yilning avgust oyida Aleksandrning bir rasson hayotida hikoya qiluvchi “Ertak” nomli albomi sotuvga chiqarildi. Albom Yevropada muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.