"Akfa-media" kompaniyasi tinimsiz izlanishda davom etmoqda. Ushbu kompaniya qoshida ijod qilib kelayotgan Oybek va Nigora hamda Ziyoda haqida hozirda bilmaydigan musiqa shinavandasi bo'lmasa kerak. Ularning har bir ijro etgan taronalari muxlislarga manzur bo'lmoqda. "Akfa-media" ijodiy jamoasi esa bundan ruhlangan holda o'z safini yana yosh iste'dod egalari bilan kengaytirmoqda.
Endilikda "Akfa-media" ijodiy markazidan yana 3 nafar xonandani qarshi olishingiz mumkin bo'ladi. Ulardan 2 nafari yigit, biri qiz. Har birlari alohida-alohida qo'shiq kuylaydilar. Hozirda ijodiy jarayon kechayotganligi bois, kompaniya tomonidan yangi nomlarning ismlari sir saqlanmoqda. Bir yigit va bir qiz estrada yo'nalishida ijod qiladigan bo'lsa, yana bir yigit milliy yo'nalishdan borishi ma'lum. Ayni damda yosh iste'dodlarga maxsus imij, 2tadan qo'shiq va 1tadan klip suratga tushirish ishlari ustida mehnat qilinmoqda. Tez orada ushbu ijodiy izlanishlar o'z samarasini berishiga ishonamiz. "Akfa-media" kompaniyasining faoliyatiga esa zafarlar yor bo'lishini tilaymiz!