Yoshlarimiz orasida o'ziga yarasha obro'-e'tiborga ega bo'lgan "Akesh" guruhi ma'lum sabablarga ko'ra parchalanib ketgan edi. Buning oqibatida guruhning a'zolaridan biri Jamshid Ahmedov yakkaxon ijodkor sifatida o'z muxlislarini hushnud qilayotgan edi. Lekin so'nggi paytda "Akesh" guruhi yana tiklanishi haqida gap so'zlar tarqaldi...
Jamshid Ahmedovga Olimxo'ja Azimov prodyusserlik qilayotgan edi. Ammo Olimxo'ja Azimov ham prodyusserlik faoliyatlarini bizga noma'lum bo'lgan sabablarga ko'ra to'xtatib qo'ydilar. Endilikda Jamshid Ahmedov yana "Akesh" guruhini tiklashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Guruhni parchalab, yana uni tiklashdan asosiy maqsad nima? Bu yog'i endi tushunarsiz xol...