Kamqonlik.Bugun shu mavzuda "Afruz
guruhi " bilan suxbat quramiz.
Biz bugun barcha soxada peshqadam bo'lishga intilamiz. Buni
qarangki, choy iste'mol qilishda xam anchayin ilgarilab ketgan
ko'rinamiz. Yozning jaziramasi-yu, qishning qaxratonida xam bu
ichimlikni kanda qilmasligimiz bu borada xatto ushbu damlamani xush
ko'ruvchi inglizlarni dog'da qoldirganimizdan darak beradi.
"Afruz" guruhi a'zosi Jamshidni xam choy ishqibozi deyish mumkin.
Muxlislar qalbini zabt etish yo'lida bir oz toliqsa darrov bir piyola
choyga oshiqadi.
- Kamkonlikga sabab bo'ladigan ichimliklarni bilasizmi?
- Jamshid:Ko'pincha studiyalarda choydan iste'mol qilib turamiz.
Achchik emas ochrok choydan. Lekin qora choy kamkonlikga sabab bo'ladi
deb eshitganman. Shu rostmi?
Muzaffarni esa aksincha g'arbdan sharqqa mexmon bo'lgan qaxvaga ishtiyoqi baland
- Muzaffar: Xizmatlardan charchab kelganimizda, uyqu kelganida ko'p
qaxva ichib turaman. Qaxva ichish zararli deb eshitgandim. Rostmi
yolg'onmi bilmadim.
Xo'sh xonandalarning xavotiri o'rinlimi? Mutaxasis xonanadalarimiz savollariga javob beradi.
- Shifokor Xaydarova Matlyuba Saxibovna:Choy va qaxva ovqat
bilan tanavvul qilinganida kamkonlikga sabab bo'lishi rost. Shuning
uchun choy bilan qaxvani ovqatdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin ichilganda yaxshi foydali ta'sir ko'rsatadi.
Choyda, qaxvada, kakaoda tanin moddasi bor bo'lib u ta'nin o'ziga
kal'siy, kaliy, fosfor, gemoglabin bo'lgan temir moddalarini o'ziga
so'rib olib keyin ichaklardan so'rilishiga yo'l qo'ymaydi.Agar judayam
choy ichishni xoxlasangiz 1 ta choynakga olma po'stlog'ini ustiga
qaynagan suv quyib damlab yoki 1 stakan qaynagan suvga 1 dona rayxon
bargini tashab yoki bo'lmasam qaynagan suvga 1-2 dona kuk choy bargini
tashlab ichsangiz bo'ladi. To'gri bir xil insonlar choy ichmasa choy
ichganday bo'lmaydi ko'ngli ayniydi shunaqa paytda 3-4 dona atirgul
bargida yoki na'matakdan damlash mumkin. Ayniqsa temir
moddasi o'rikda mavjud. Choy bilan qaxva yomon ekan deyish kerak emas.
Choy bilan qaxva to'gri ichilsagina foydali bo'lshini unutmasligimiz
lozim.
Ma'lumotlarga qaraganda choy bilan tanavvul qilingan ovqatdagi
foydali elementlarning 40 % bazan xatto 100% qonga surilmasligi
mumkin.Mevalarda esa bu ko'rsatgich 5% tashkil etadi. Umumiy zararni
xisoblasak maxsulotlar tarkibidagi vitamin va temir moddasining kamida
70 % qonga so'rilmaydi. Bu esa bir qator salbiy oqibatlar qatorida
kamqonlikni xam kelib chiqishida asosiy omil bo'ladi. Birokq bu choy va
qaxvadan voz kechish kerak degani emas.
|