SHANBA, 2024.12.28, 21:08
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Май » 28 » "Afruz”: "Ay-ay”, Uylanish e'loni va ko'chirilgan qo'shiqlar xaqida
10:39
"Afruz”: "Ay-ay”, Uylanish e'loni va ko'chirilgan qo'shiqlar xaqida


Shou biznesda yakkaxon bo'lib faoliyat yuritishdan ko'ra, guruh bo'lib faoliyat yuritish murakkabroq nazarimda. Negaki, guruh a'zolarida ko'pincha ahillik va o'zaro hurmat yetishmasligidan turli kelishmovchiliklar kelib chiqadi. xar yili shou biznesda bir nechtalab yangi guruhlar tashkil etiladi va ulardan faqatgina sanoqlilari o'z o'rniga ega bo'lib, tomoshabinlar mehrini qozonadi. Ana shunday o'z qo'shiqlari bilan omma e'tiborini tortib, o'zbek shou biznesida bir necha yillardan beri faoliyat yuritayotgan "Afro'z” guruhidir. 
afruz-sayyodmix





Guruh a'zolari:


Muzaffar 1985 yil Toshkent shahrida tug'ilgan.

Oilada 5 kishi. Ota-onasi, opasi, u, singlisi.

2003 yil 324-o'rta maktabni bitirgan.

"Afro'z” guruhida ham 2003 yildan beri ijod qilib keladi.


Jamshid 1985 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Oilada 5 kishi. Ota-onasi, u, 2 ta ukasi.

324-maktabni tamomlagan.


"Afro'z” guruhini hayotdagi shiori: "Faqat oldinga, orqaga chekinish yo'q”



"Afro'z” guruhi bilan suhbatimiz "Tarona rekords” ovoz yozish studiyasida bo'ldi.


Feruza: – Xozirgi kunda nima ishlar bilan bandsizlar?

Jamshid:- Yangi qo'shiq yaratib, yangi qo'shiqlar ustida ishlayapmiz.

Feruza:- Nima uchun guruhingizni nomini "Afro'z” deb qo'ygansizlar?

Jamshid:- "Afro'z” degani bu tojikcha so'z, o'zbekchada yaxshi kun degan ma'noni bildiradi. Biz ham odamlarni yaxshi kunida xizmat qilaylik, yaxshi-yaxshi qo'shiqlar chiqaraylik deb guruhni nomini "Afro'z” qo'yganmiz.

Feruza:- "Afro'z” guruhi qanday tashkil topganq Qachondan birga qo'shiq kuylay boshlagansizlar?



Jamshid:- 6-sinfdaligimda biz yashaydigan Chorsudagi ko'p qavatli uylarning biriga Muzaffar ko'chib kelgan. Birga 324 maktabga chiqqanmiz. Mahallada ham birga katta bo'lganmiz.

Muzaffar:- Maktabda birinchi konsert qo'yganmiz. Men, Jamshid va yana Jamoliddin degan bola. Keyinchalik ham maktab davrimizda konsertlar uyushtirardik. Shu ikkalamiz birga ashula aytsak bo'lmasmikin deganmiz.

Jamshid:- Misol uchun, biz u vaqtda san'atkor emas edik. Konsertlar bo'lar edi. Men mana bu ashulani aytaman, anuni ashulasini aytaman deb qiziqib yurardik. Keyin o'zimiz birga ashula qilamiz dedik, sinfdoshimiz Ortiqboyeva Kamola she'r yozib berdi. O'shani she'riga ashula qilib, Muzaffar bilan aytdik.

Feruza:- Ustozinglar bo'lganmi san'at sohasida?

Jamshid:- Yo'q, ustozimiz bo'lmagan. Lekin yo'l-yo'riq ko'rsatgan insonlar bo'lgan.

Muzaffar:- Biz birinchi qo'shig'imiz "Durdona”ni, birinchi marta 11-sinfda, konservatoriyada Asror akam, Davron akam, Botir akamlar bilan birgalikda yozganmiz. Bu 2003 yilda edi. Shundan keyin Shahnoza opam bilan ko'rishganmiz. Ular bizga qo'shiqlar yozib berishni boshlaganlar va bu bilan o'zimizni stilimizga ega bo'lganmiz. "Shahzod” guruhidagi Rashid Xoliqovni ham ko'p hissalari bor. Ular ham yordam berganlar, qo'shig'imizni eshitib, fikr bildirardilar.

Feruza:- Nimaga o'zingizni ijodingizni yarq etib ko'rsatmaysizlar? 



Jamshid:- Mana shu yildan harakat qilishni boshladik. Yangi kliplar qilib, qo'limizdan kelgancha harakat qilmoqdamiz.

Feruza:- Nega ko'p qo'shiqlaringiz xorij estradasidan ko'chirilgan?

Muzaffar:- Juda hammasi ko'chirilmagan-ku. Lekin, "Keragimsan yor” degan qo'shig'imizga keladigan bo'lsak, o'sha qo'shiqda to'g'ri musiqasini solosini ozgina olganmiz, ammo u yerda aranjerovka qilganmiz. Lekin, ko'proq o'zimiz ijod qilishga harakat qilamiz.

Jamshid:- Lekin, bir xillarida musiqalar yoqib qolsa, sekin ijod . . .

Feruza:- Aynan, kimdan olinganini ham ayta olasizlarmi?

Jamshid:- Edvard Mayadan faqat solosini musiqasini olganmiz. Qolgan so'zlari, aytilishi o'zimizniki.

Feruza:- Farrux Zokirovni "Kelibdi” qo'shig'ini-chi so'rab olganmisizlar?

Muzaffar:- Yo'q…. U qo'shiqni original aranjerovkasini Rashid Xoliqovdan olganmiz. Keyin 2006 yil u qo'shiqni yozganmiz.

Jamshid:- Rashid aka bu qo'shiqni Farrux aka Zokirovdan so'rab berganlar.

Feruza:- Nima deb o'ylaysizlar, o'sha qo'shiq sabab to'ylarga takliflar ko'paydimi?

(Ikkalasi baravar kulib yuborishdi)

Muzaffar:- To'y masalasiga keladigan bo'lsak, u qo'shiqni o'zi, biz o'zimizni yaqin bir insonimiz uchun, uni to'yi bo'lganda yozgandik. Lekin, unaqa ommabop bo'lib ketadi deb o'ylamagandik. Ammo, bu qo'shig'imiz chiqib, tarqalib ketgandan keyin hatto o'zimiz telefonlarga o'tkazib olganmiz. Bu kutilmagan hodisa bo'lgan.

Jamshid:- Lekin, bu qo'shiqni ataydan to'ylarga deb yozmaganmiz.

Feruza:- Suhbatimiz to'y mavzusiga burilgani uchun, bir narsa yodimga tushdi. Sizlar ikkalangiz bir kunda uylanamiz degandingiz. Lekin, ikkalangizni topgan qizlaringiz bunga rozi bo'lishmasa-chi?

(kulishadi)

Jamshid:- Endi qo'ldan kelgancha niyatimiz.

Muzaffar:- Bo'lishi mumkin. Bu endi, to'ylarimizni birgalikda chiroyli qilib o'tkazish bizni niyatimiz.
Suxbat chog'ida yigitlarga shoira va bastakor Shaxnoz yordam berib turdi.

Feruza:- Tanqidga munosabatingizq Sizlarda qattiq tanqid bo'lganmi?

Jamshid:- Endi bizni u-bu kim tanqid qilsa, hammani ham minus tarafi bo'ladi-ku. Tanqid yaxshi deb o'ylayman.

Muzaffar:- Tanqid yaxshi. Agar tanqid bo'lmasa, san'atkor emasmiz deb gapirsa bo'ladi.

Jamshid:- Qattiq tanqid bo'lsa, tanqidga yarasha javob beramiz.

Feruza:- Qanday yo'l bilan?

Jamshid:- Bilmadik, hali bizda unday bo'lmagan.

Muzaffar:- Bir xillar tanqid qiladi, lekin biz ahamiyat bermaymiz.

Feruza:- Demak, sizlar uchun anti reklama, bu ham reklama deb qabul qilasizlar?



Jamshid: – Yo'q., yo'q….

Muzaffar:- Bilmadik, hali unaqa qilishmagan. Yo'q bunday bo'lmagan.

Feruza:- Nahotki, shu vaqtgacha umuman tanqid bo'lmaganq 7 yillik ijod davomida….

Jamshid:- Yo'q, tanqidlar bo'lgan. Lekin siz aytgan darajadagisi bo'lmagan.

Feruza:- U tanqidlarni foydasi bo'lganmi?

Jamshid:- X'a yomon tarafimiz bo'lsa, yaxshilashga harakat qilganmiz.

Feruza:- Mashhurlikka tanqidni aloqasi bor deb o'ylaysizlarmiq Faqat mashhurlarni tanqid qilish kerakmi yoki?

Muzaffar:- Biz to'g'risi, o'zimizni mashxur deb o'ylamaymiz.

Feruza:- Nega, mashhurlikka harakat qilmaysizlarmi?

Muzaffar:- To'g'ri, hamma mashxur bo'lishni hohlaydi. Lekin, bizga shu yo'nalishda ketishimiz yoqadi. Juda unaqa mashhur bo'lib ketishni ham hohlamaymiz.

Feruza:- Yaqinda "So'g'diyona” gazetasida o'zingiz haqingizdagi, bo'ydoqlar deb yozilgan intervyuga munosabatingizq Bu o'zingizga g'alati tuyulmadimi? 



Jamshid:- Bizga u gazetada intervyu, kelib o'zingiz haqingizda gapirib berasizlar deyishdi. Keyin borsak, boshqacha. Qiz qidiryapmiz, unaqa-bunaqa har xil gaplar reklamaga (ularni o'zlari uchun). Lekin unaqa gaplar bo'lmagan.

Muzaffar:- U yerda singlimiz biz haqimizda gapiradi deb o'ylaganmiz, uydagi xarakterimiz haqida, akamni ayollari kelinoyim mana bunday bo'ladilar deb. Lekin sahifani boshida qiz qidirilmoqda deb yozishgan, biz esa buni bilmasdik. Biz qiz qidiryapmiz deb gazetadan iltimos qilmaganmiz.

Feruza:- Keyin u gazetaga e'tiroz bildirmadingizmi?



Jamshid:- Yo'q, hech narsa demadik. Mayli, chiqarsa chiqaraversin.

Feruza:- Demak, sizlarga farqi bo'lmaganmi sizlar haqingizda shunday yozishsa?

Muzaffar:- Yo'q, men aytmoqchi bo'lganim, u yerda kelin qidiruv deganda juda yomon tarafi yo'q-ku. Biz hali uylanmaganmiz. Agar uylangan bo'lganimizda misol uchun, mana shunday narsalar yozsa, jiddiy rad qilardik. Biz u yerda, bergan intervyuda biz qiz qidiryapmiz degan fikrlar bildirmaganmiz. U yerda faqatgina o'zimiz, do'stimiz to'g'risida gapirganmiz va meni singlim, men to'g'rimda va bo'lajak rafiqam qanday bo'lishi haqida aytib o'tgan. Lekin, akamga qiz qidiryapmiz demagan. (kulib qo'yadi)

Feruza:- Kimlarni tanqid qila olasizlar?

Muzaffar:- Tanqid, (o'ylanibroq) hech kimni tanqid qilmaymiz.

Feruza:- Unda kimni ijodi yoqadi?

Jamshid:- Rashid Xoliqov. Menga agar yevropadan bo'lsa, meni o'zim Enriki Iglesisni va Beyonsni eshitaman.

Muzaffar:- Bizni o'zimizni Toshkentdan Rashid akam Xoliqovni ijodlari, Ozodbek Nazarbekovni ijodlari yaxshi. Mavluda Asalxo'jayeva ham shu kunlarda juda yaxshi ijod qilyaptilar. Sanab o'tsangiz juda ham ko'p.

Feruza:- O'zingiz sanab o'tgan san'atkorlarni madaniyati taraflariga qanday qaraysizlar?

Jamshid:- Menga Rashid akam Xoliqovni madaniyati juda ham yoqadi.

Muzaffar:- Ular to'ylarga vaqtida yetib keladilar. Mana bu vaqtga kelaman desalar, o'sha aytgan vaqtlariga keladilar. Biz ham shu narsalarga o'rgandik, vaqtini aytib qo'yib, o'sha vaqtga boramiz.

Feruza:- To'ydagi navbat talashishlarga munosabatingiz?

Muzaffar:- Yomon albatta, lekin hozir ko'p to'ylar ssenariy bo'yicha, biz ham ssenariy bo'yicha o'sha aytilgan vaqtga boramiz. Xuddi o'sha vaqtga bizga navbat olib berishsa bo'ldi. Agar mabodo katta san'atkorlar kirib kelib qolishsa, o'sha vaqtda xurmat qilib, ularni kutib turamiz.

Feruza:- O'zingizda ham navbat talashishlar bo'lganmi?

Jamshid:- Yo'q, bizda unaqa bo'lmagan.

Muzaffar:- Biz hech qachon navbat talashmaganmiz. Bizni vaqtimizda katta ustoz san'atkorlar kelib qolishgan, ularga navbat berib yuborganmiz.

Feruza:- O'zingizni imidjingiz haqida nima deya olasizlarq Imijdmeykerlarga murojaat qilasizlarmi?

Jamshid:- Yo'q, biz imidjmeykerlarga murojaat qilmaymiz. Qayerga borsak, qanday kiyim kiyishni faqat o'zimiz o'ylaymiz.

Feruza:- Adminstratoringiz bilan munosabatingiz qanday?

Muzaffar:- Adminstratorimiz o'rtog'imiz. O'sha biz chiqqandan buyon biz bilan birga ishlayotgan yaxshi, xushmuomala bola. Oldin xarakteri sal og'irroq edi.

Feruza:- Kofliktniy situatsiyalar bo'lganmi adminstratoringiz bilan?

Jamshid:- Yo'q. Sal mayda-chuyda gaplar bo'lib o'tgani bilan unaqa katta narsalar bo'lmagan.

Feruza:- Jonli ijro qila olasizlarmiq

Muzaffar va Jamshid: (baravariga)- Xa, albatta.

Feruza:- Vokal bilan shug'ullanganmisizlar?

Muzaffar:- Yo'q, biz vokal bilan shug'ullanmaganmiz. O'rtog'im Jamshid haqida gapirsam, u ham yoshligidan qo'shiq aytishga qiziqqan. "Xo'ja” guruhi solisti Izzatilla Ibragimovni ashulalarini aytardi. (Jamshidga murojaat qilib) Keyin o'sha vaqtda yana kimni qo'shiqlarini yaxshi ko'rarding?

Jamshid:- Abduvali Rajabov

Muzaffar:- Meni o'zim maktabda 3-sinfda Rashid Xoliqovni qo'shiqlarini aytganman. (birinchi 102-maktabda o'qiganman) Bularni (Jamshidga ishora qilib) maktablariga kelgan vaqtimda, "Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqovni ashulalariga ham qiziqar edim. Tohir Sodiqovni ashulalarini aytganman. Xullas, maktabdan qiziqqanimizga vokalga bormaganmiz.

Feruza:- Demak, qo'shiq kuylash sizlarda tug'ma qobiliyat?

Jamshid:-Tug'ma qobiliyat.

(Ba'zi bir sabablarga ko'ra, suhbat boshqa mavzuga aylanib ketdi.)

Feruza:- Bir-biringiz to'g'risida qanday fikr bildira olasizlarq Xarakteringiz haqida?

Muzaffar:- Jamshid haqida gapiradigan bo'lsam, xarakteri og'ir, ko'pchilik tushuna olmaydi. Misol uchun, jiddiy yuradi har doim, hatto rulda ham. Bir xil payt kayfiyati bo'lmay qolishi mumkin. Agar kayfiyati bo'lmasa, bo'ldi hech kim yoqmaydi. Uni 5-10 minut jim qo'yib qo'yish kerak. Lekin, o'zi juda ham yaxshi inson, ko'ngli ochiq, hammaga tez ishonuvchan.

Feruza:-Jamshid sizda ishonuvchanligingizdan aldanib qolish holatlari ham bo'lganmi?

Jamshid:- Bo'lgan. Lekin, endi aldandi deganda, juda jiddiysi bo'lmagan. Misol uchun, kimdir yaxshi gapirib ishontirib yuborsa, aynan qiz bola emas, endi u-bu kim, ish bo'yicha bo'lishi ham mumkin. Shunday hollarda ishonib qolishim mumkin. Lekin, hozirgi kunda bu xarakterimni tashladim. Xozir endi bunday emas.

Bunday oldingi savolingizga qaytsak, Muzaffar haqida gapirsam, juda ham yaxshi inson. Xamma bilan misol uchun, ko'p odamlar bilan chiqishib ketadi. Muomalasi ham juda chiroyli. Misol uchun, qayerda nimadir xizmatlar bo'lsa, o'sha yerda ham xizmatlarni qilib. . .

(Muzaffar shu yerda gapga qo'shiladi)

Muzaffar:- Ertalabki nahorgi oshlarga, mehmonga borishga biz hech ham uyalmaymiz. Nahorga har bitta erkak kishi boradi-ku, biz yaqinlarimiz chaqirganda borganimizda, borib mehmonday o'tirib olmaymiz. Xizmat qilish kerak bo'lsa, o'sha oshlarni uzatishmi, uzatamiz. Bunday narsadan hech ham uyalmaymiz. O'rtog'imni shu xarakterlari ham yoqadi.

Jamshid:- Keyin, bu ko'p to'g'ri gapiradi. Misol uchun, gaplashib qolsak meni fikrim noto'g'ri bo'lsa, ko'pincha buniki to'g'ri bo'ladi demoqchiman.

Feruza:-Mana shuncha yil davomida o'rtoq ekansizlar, hech o'rtangizda qattiq arazli holatlar bo'lganmi?

Muzaffar:- Bir-birimizdan xafa bo'lgan holatlar bo'lgan. Lekin uzoqqa cho'zilmaydi, yo u telefon qilib yuboradi yoki men.

Jamshid:- Bunday holat, uzog'i bilan bir kunga cho'zilishi mumkin.

Feruza: – Sizlarni boshqa guruhlardan farqingiz nimada deb o'ylaysizlar?

Muzaffar:- Endi bizda-chi ahillik bor. Misol uchun, ko'p guruhlar, har xil holatlar bilan buzilib ketadi. Lekin meni o'ylashim bo'yicha, bunga sabab, pul masalasi ko'proq bo'lsa kerak. Bizda unday narsa yo'q, pulimiz o'rtada. Misol uchun, bunga nima kerak bo'lsa, o'zi oladi. Menga nima kerak bo'lsa, o'zim olaman. Biz hech qachon pulni hisoblab, u yoq -bu yoq qilib yurmaymiz.

Feruza:-Misol uchun, olingan narsalarda Jamshid yoki siz ko'proq ishlatib qo'ysangiz-chi?

Muzaffar:-U narsalar bilan adminstratorimiz shug'ullanadi. Lekin, bizda unday emas.

Feruza:- Kinoda rol ijro qilgandingizlarq Lekin, negadir film yaxshi chiqmadimi? 

(Kulib yuborishadi)

Muzaffar:- Xa.

Jamshid:- U kino haqida gapirmasak ham bo'ladi.

Muzaffar:- Mayli, gapirib o'taylik, bizni u kinoda rol ijro qilish niyatimiz yo'q edi. Abduvali Rajabov iltimos qilganlari uchun, tushib berganmiz. (Kulib yuborishadi)

Jamshid:- Rejissyorni ismlarini bilmaymiz-ku (kulib) To'g'risini aytgan yaxshi. Abduvali Rajabov kinoga tushib beringlar, meni o'rtog'imni roliga degandilar. Shunga bo'ldi, xo'p deb tushgandik.

Feruza:- Ssenariyni o'qimaganmisizlar?

Jamshid:- Ssenariy o'qilgan.

Muzaffar:- U juda ham yengil kino bo'lgan-de. (kulib) U kino juda ham ommalashib ketadi deb o'ylagandik. Keyin qarasak, kranlarni ham kolyaskada qilishgan-de (kulishadi.). O'shanda yaxshi chiqmasligini bilganmiz. Chaqirishgani uchun, iltimos qilishgani uchun, yo'q deyishga bo'lmagan. Bo'lmasa tushmasdik, lekin hozir kinoga chaqirishsa, to'g'risi tushgimiz kelmaydi.

Feruza:-Xozir ham kinoga takliflar bo'lyaptimi?

Muzaffar:- Xa, chaqirishlar bo'lib turadi. Mana yaqinda chaqirishdi, lekin biz o'ynamadik.

Feruza:-.Xozirgi olinayotgan filmlarga munosabatingizq Ko'rib tursangiz kerak.

Jamshid:- (o'ylanib) Bitta Alisher Uzoqov rol ijro qilgan filmlar yoqadi. Chet elnikidan Bred Pitt va Anjelina Joli o'ynagan "Mister va Missis Smit” va "Gladiator” filmilari yoqadi.

Muzaffar:- Men to'g'risi, o'zbek kinolarini ko'p ko'rmayman. Chunki nimagadir bizni filmlarimizda mantiq yo'qdek. G'ammasi bir xil. Chet el kinolaridan ko'rgan kinolarim nomi esimda yo'q.

Feruza:- Sizlarga filmlarga saundtrek ijro etish taklifi bo'lganmi?

Muzaffar:- Yo'q. Agar takliflar bo'lsa, chiroyli qilib aytib berardik.

Feruza:- Duetlardan-chi takliflar bo'lganmiq Kimlar bilan duet aytgansizlar?



Jamshid:- Aziza Xalilova bilan duet ijro qilganmiz. Yana takliflar bo'lmoqda. Oybek va Nigoradan.

Feruza:-Qabul qilib, duet aytish niyatingiz bormi?

Muzaffar:- Lekin, buni hali aniqlamadik. Xudo hohlasa, chiroyli qo'shiq bo'lsa aytamiz.

Feruza:-Konsert berish niyatingiz bormi?



Muzaffar:- Niyatlar bor. Xudo hohlasa., Dekabrlarga 2 kun konsert berish yana ko'ramiz, vaqt ko'rsatadi.

Feruza:- Konsertda jonli ijro bo'ladimi?

Jamshid:- Fonogramma ham bo'ladi kerak joyida, jonli ijro ham. Xudo hohlasa.

Feruza:- San'atdan tashqari ham, boshqa ishingiz bormiq Biznesmi?

Muzaffar:- Xozircha biznes ochish niyatimiz bor.

Jamshid:- Endi harakatdamiz.

Feruza:- U ish ham birgalikdami?

Muzaffar:- Xa, birgalikda.

Feruza:- Orzuyingizdagi qiz?

Jamshid:- Meni orzuyimdagi qiz juda ham es-hushli, aqlli bo'lishi kerak. Eng muhimi, ota-onani aytganini qilib, hurmat qiladigan. Uyga kelganda, qorin och vaqti ovqat tayyorlab tursa bo'ldi. Menga qornim och bo'lsa, hech nima yoqmaydi.

Muzaffar:- Meni orzuyimdagi qiz yaxshi odobli, aqlli o'zbek qizi bo'lishi kerak.

Feruza:- O'zbek qizi deganingizda, siz tashqi ko'rinishini nazarda tutdingizmi yoki?

Muzaffar:- Meni aytmoqchi bo'lganim, nima kiysa ham yarashsa. Xech qachon gap qaytarmasin. U bu narsani tushuntirganingizda tushunsin. Pazanda bo'lsin.

Feruza:- Yoqtirgan qizingiz bormi?

Jamshid:- Yo'q.

Muzaffar:- Meni yoqtirgan insonim bor.

Feruza:- Muzaffar tan oldilar, Jamshid berkitdilarmi? 

(Kulishadi)

Jamshid:- Yo'q rostdan yo'q. Bo'lsa berkitmayman. (kuladi)

Feruza:- Umuman bugungi kundagi qizlarga munosabatingiz? Aytishadi-ku, hozir yaxshi qizlar qolmagan deb.

Muzaffar:- Yaxshi qizlar ko'p juda ham. Qizlar haqida aniq ma'lumot bera olmaymiz. Yaxshi qizlar ham bor, lekin yomon qizlar ham bor deya olmaymiz-ku o'ziga yarasha xarakteri yomon qizlar ham bor, yo'q emas.

Feruza:- Ijodingizni boshlagan davrdan o'zgarishlar bo'ldimi? O'zingizda yoki ijodingizda?

Jamshid:- Yo'q. Biz har doim qanday bo'lsak, shundaymiz.

Feruza:- Misol uchun, 10 yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasizlar? 

Muzaffar:- Biz 10 yildan keyin Rashid aka Xoliqovga o'xshab yurishni hohlaymiz.

Feruza:- Guruh sifatida javob berdingiz, endi alohida ham 10 yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasizlarq Alohida gapirib o'tsangiz.

Jamshid:- (kuladi) O'sha kunlarga yetib olsak ko'ramiz.

Muzaffar:- Xalqqa yaxshi xizmat qilib va o'zim hohlagandek yaxshi uchastka qurib, yaxshi mashinalarda yurishni hohlayman. (Kulib) 10 yildan keyin amaki bo'lamiz.

Feruza:- O'zingizni ijoddan tashqari xobbingiz bormi?

Muzaffar:- Xozirgi vaqtda ko'proq Pleysteyshn o'ynab turibmiz. Biz Pleysteyshnda futbolni yaxshi ko'ramiz. Ba'zida juda kirishib ketib, vaqt qanday o'tganini ham sezmay qolamiz. Endi bu ko'proq bekor vaqtimizda o'ynaymiz-de.

Jamshid:- (kulib) Xozir ham o'sha yerdan kelyapmiz.

Feruza:- Xayotda ham futbol yoqadimiq O'ynab turasizlarmi?

Jamshid:- Men misol uchun, san'atkor bo'lmaganimda futbolist bo'lardim.

Muzaffar:- Futbolga qiziqaman, lekin bir xilgi vaqt o'ynashga erinaman. Misol uchun, chet el komandalariga qiziqaman, ularda qanaqadir boshqacharoq o'yin bo'ladi.

Feruza:- Muzaffar siz-chi, san'atkor bo'lmaganingizda kim bo'lardingiz?

Muzaffar:- Men san'atkor bo'lmaganimda, biznesmen bo'lardim.

Feruza:- Xozirgi vaqtdagi hayotingizni o'zgartirish imkoni bo'lganda, nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

Jamshid:- (o'ylanib) Xech nimani o'zgartirmasdim, hammasi yaxshi.

Muzaffar:- O'zgartirib bo'lmaydi-ku, endi imkoni bo'lib qolganda, menimcha san'atga sohasiga vaqtliroq kirib, u-bu narsalarga qatnashib, o'rganib yanada mukammalroq ijod qilgan bo'lardim. (o'ylanib) Qolgan hammasi joyida, nolimayman (kuladi)

Feruza:- O'qish niyatingiz bormi?

Muzaffar:- Endi xudo hohlasa niyatimiz bor, sekin-sekin. San'at institutini musiqali drama fakultetigami, ko'ramiz.

Feruza:-Armoningiz bormi?

Muzaffar:- Xudoga shukur armonim yo'q-ku, lekin niyatlarim bor. 4 ta niyat qilgandim, 4 tasidan 3 tasi amalga oshdi.

Feruza:- Amalga oshgan niyatni aytsa bo'ladi deyishadi.

Muzaffar:- Amalga oshgan niyatlarimdan birinchisi, o'zimiz turgan xonadonimizni chiroyli qilib bezash, remont qilish edi. Bu endi 2003 yil bo'lgan gap. Undan keyin mashina olaman degandim, mashina oldim. Uchinchi niyatim, oilam bilan birgalikda singlimni uzatish edi, 2009 yilda uzatdik. To'rtinchi niyatim, xudo hohlasa amalga oshgandan keyin albatta aytib o'taman.

Jamshid:- Menda orzu san'atkor bo'lish edi, niyatga yetdik. Keyingisi mashina olish edi, oldim. Yana ko'p orzular.

Muzaffar:- Yana, ikkalamizni bitta orzuyimimiz bor edi. Uni aytish esdan chiqibdi. Ikkalamizni orzuyimiz, chet elga chiqib, chet elda ham ko'tarilish. Chet elda katta san'atkorlar bilan bitta sahnada kuylash, dunyo bo'yicha tanilish.

Feruza:- Shu orzuga harakat bormi?

Muzaffar va Jamshid:- Bor, xudo hohlasa.

Feruza:- O'zingizni u yerda aytsa bo'ladigan tayyor qo'shig'ingiz bormi?

Jamshid:- Bor. "Nega kelmaysan” degan qo'shig'imizni aytardik. Agar taklif qilishsa.

Muzaffar:- Xudo hohlasa shunday imkoniyatlar bo'lsa, biz ularga yarasha, ularni talabiga javob berishga xarakat qilardik. Chunki u yerda boshqacha bo'ladi. U yerda talab juda katta.

Feruza:- O'zingizga kimlarni raqobatdosh deb ayta olasizlar?

Muzaffar:- Biz aynan kimnidir raqobatdosh deb ko'rsatib o'tolmaymiz. Endi, hozirgi kunda juda chiroyli chiroyli qo'shiqlar chiqyapti, biz ham ularni ko'rib, eshitib, ulardan ham yaxshi qo'shiqlar yaratishimiz kerak deb o'ylayman.

Jamshid:- Kundan kunga yangi-yangi nomlar chiqyapti Ijod qilmasangiz qolib ketaverasiz. Shunga yaxshi ijod qilish kerak. Agar yaxshi ijod qilinsa, o'zini o'rni bo'ladi. Misol uchun, "Afro'z” guruhini o'zini o'rni bo'lsa, hamma guruhni o'zini o'rni bor, hammani ijodi har xil. Raqobatga yarasha harakat qilish kerak. Yangi qo'shiqlar yaratish kerak. Lekin men hech kimni raqobatdosh deb aytmayman.

Feruza:- Yangi qo'shiq yaratish kerakmi yoki yangilik qilish kerakmi?

Muzaffar:- Zamonamizga qarab turib, muxlislarimiz talabiga qarab turib, o'shalarga yoqadigan, ko'ngliga yoqadigan qo'shiq chiqarish kerak. Qo'shiqlarimizni she'ri ham, musiqasi ham, birinchi navbatda o'zimizga yoqishi kerak.

Feruza:- Demak sizlar muxlislarni talabidan kelib chiqib, ijod qilyapmiz demoqchisizlar?

Muzaffar:- Yo'q, birinchi qo'shig'imizga o'zimiz muxlis bo'lamiz demoqchimiz. O'zimizni ko'nglimizga yoqqandan keyin, u qo'shiqni yozamiz.

Feruza:- Mana hozirgi juda ham ko'payib ketayotgan shoirlarga munosabatingiz?

Jamshid:- Misol uchun, juda ham chiroyli she'r bo'lsa.

Muzaffar:- Gapingiz to'g'ri, hozirda odamni me'dasiga tegadigan qo'shiqlar ham bor, yo'q emas. Ularga misol uchun, nima desa bo'ladi. Bir xilgi san'atga qiziqmaydigan odamlar ham ashula aytib yuribdi-de. Misol uchun, 2 kunda bitta yangi ashulachi chiqyapti. Yana qanchalik tez chiqqan bo'lsa, shunchalik tez yo'q bo'lib ketishyapti. 7 yil davomida mana qanchasini ko'rdik.

Feruza:- Demak, shunchalik san'atda pul topish osonmiq Yoki ko'tarilish osonmi?

Muzaffar:- Yo'q, yo'q san'atda ko'tarilish oson emas. Agar xalqqa yoqsa, ko'tariladi. Chunki bizni ko'taradigan ham xalq, tushiradigan ham xalq. Uni ko'tarilishini xalq tanlaydi. Ular qo'shig'ini telekanallar, radiolar orqali aylantiradi, keyin uni xalq tanlaydi. Lekin, unday qo'shiqlar insonni tez esidan chiqib ketadi. Shunday qo'shiqlar bor-ki, 10 yil o'tadimi, 15 yil o'tadimi, baribir odam u qo'shiqlarni unutmaydi. Agar shunday qo'shiqlar ko'paysa, shunday ijodkorlar ko'paysa, men o'ylayman-ki, siz aytganingizdek raqobatlar ham ko'payadi.

Feruza:- O'zingiz qo'shiq aytayotganda qanday mas'uliyat sezasizlar?

Muzaffar:- Biz bitta qo'shiq aytsak, o'ylaymiz 7 dan 70 gacha yoqarmikin deb. Misol uchun, bizni faqat 20-25 yoshlilar eshitisharmikin. Biz to'g'risi, 7 yoshdan 70 yoshligacha yoqishini hohlaymiz.

Feruza:- Misol uchun, "Ay-ay” qo'shig'ingizdan qanday ma'no tushunsa bo'ladi?

Muzaffar:- "Ay-ay” qo'shig'imizga keladigan bo'lsak, matni yomon chiqmagan. (kulishadi)

Jamshid:- Uni matnini Temur yozgan. Bu qo'shiqdan aynan, ma'no tushunish shart emas. Bu shunchaki raqsga tushadigan prikolniy quvnoq qo'shiq qilganmiz, bo'ldi. U yerda ma'no, boshqa narsalar yo'q. Yoshlarbop, yoshlar o'ynaydigan ashula bo'lgan. Ko'p joylarga borganimizda, shu qo'shiqni so'rashadi. Demak, muxlislarga ham yoqqan-de, biz shunday deb o'ylaymiz.

Feruza:- Yana kimlar bilan hamkorlikda ishlaysizlar?

Jamshid:- Shahnoz, Bobur Umarov, Temur, Tohir Muhammad.

Feruza:- "Evrovideniya”ni kuzatib borasizlarmiq U yerga bizlarni xonandalardan kimlarni mos deb o'ylaysiz?

Muzaffar:- Sevara Nazarxon

Jamshid:- Jahongir Otajonov meni fikrimcha.

Feruza:- Ta'qiqqa munosabatingizq Nima deb o'ylaysizlar, bu tarbiyaviy holatmiq Yoki nohaqlikmi?

Jamshid:- Endi zapretga tushadigan ish qilgan bo'lsa, men haq deb o'ylayman. Agar boshqacha bo'lsa, bizni xabarimiz yo'q.

Muzaffar:- Endi hech kimni o'zidan-o'zi zapretga qo'yib qo'yishmasa kerak.

Feruza:- "Tarona” bilan hozirgi tuzgan kontraktingizni, promaga muhtojlik tarafdan tuzdingizmiq Yoki boshqa tarafdanmi?



Muzaffar:- Ijodimizni yanada yuksaltirish uchun. Biz bu shartnomadan minnadormiz, chunki juda ham chiroyli tarzda bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Men aytmoqchi bo'lganim, ijodimiz sekin-sekin ko'rinyapti-de.


Feruza:- Qaysi biringiz ovqat pishirishni bilasizlar?

Muzaffar:- Ovqat pishirishni Jamshid biladi, chunki uyda 3 ta o'g'il. Bu katta o'g'il bo'lganligi uchun, ovqat qilishlarni yaxshi biladi. Men to'g'risi, bitta tuxum qovurishni bilaman. Agar tuxum bo'lmasa, men hech nima pishira olmayman.

Jamshid:- Juda hamma ovqatni ham emas. Kartoshka go'sht, qozon kabob qilganman misol uchun, hozir pishirmayman.

Feruza:- Erkak kishini uylangandan keyin oshxonada bo'lishi, bu uyatmi yoki? 

Jamshid va. Muzaffar (baravariga):- Yo'q, hammada har xil vaziyat bo'lib qolishi mumkin.

Jamshid:- Uyat emas bu.

Muzaffar:- Vaziyatdan kelib chiqqan holatda qilsa yaxshi.

Feruza:- Sizlar to'g'ringizda eng tarqalgan noo'rin mish-mish? (Juda uzoq o'ylanishdi, bir-biriga tushuntirib)

Muzaffar:- Bizda noo'rin mish-mish bo'lmagan.

Feruza:- San'at bilan shou biznesni o'rtasidagi farqi nimada deb o'ylaysizlar? 

(Ular uzoq bir nimalarni farqlashdi, menga tushuntirishdi (menimcha savolga umuman aloqasi bo'lmagan) va so'ng menimcha biz sizni savolingizni tushunmadik deb tugatishdi) Lekin baribir Jamshid:- San'at bilan shoubiznesni farqi: musiqa bilan biznes qilish, shunaqa bo'ladi-de, menimcha -deb savolga javob berdi.

Feruza:- Qaysi cholg'u asbobini chalishni bilasizlar?

Jamshid:- Gitara

Muzaffar:- Gitara chalishni o'rganishga borganmiz. 1- 2 yilcha borganmiz.

Feruza:- Melodinga (ovoz o'zgartirish) munosabatingiz. O'zingiz ham foydalanib turasizlarmi?

Muzaffar:- Yo'q. O'zimizni ovozimiz qandoq bo'lsa shundoq. Biz hech ham avtotyuner qo'shmaganmiz qo'shiqlarimizga.

"Afro'z” guruhi yigitlari bilan ilgari deyarli bir mahallada turgan bo'lsam ham, lekin yaqin tanish emas edim. Ular bilan intervyu men uchun qiziqarli bo'ldi. Suhbat davomida ularni samimiy va oqko'ngil, o'z maqsadiga ega insonlar ekanligiga amin bo'ldim. Ular o'zaro ahillik, kattalarga hurmat va intiluvchanlik bilan boshqa guruhlardan ajralib turadilar. Shu xislatlarni yo'qotmay va ijoddagi izlanishdan to'xtamay, muxlislarni sog'intirmagan holatda, o'zlarini yangidan – yangi ijod namunalarini ko'p yillar davomida taqdim etadilar deb o'ylayman.

Feruza Fattaxova

Категория: YULDUZLAR BIOGRAFIYASI | Просмотров: 2662 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz