«Ada emas, DADA!» filmini qachon ko'ramiz?
Taniqli
so'z ustasi, 2004 yil "Kinoshok" festivalida yilning eng yaxshi aktyori
deb topilgan Obid Asomov boshchilik qilgan "Ada emas, DADA!" filmi
katta ekran yuzini ko'rishiga oz qoldi. Filmning kichik prem'erasi esa
bo'lib o'tdi.
16 fevral kuni Kinochilar uyida
jurnalistlar uchun "Ada emas, DADA!" filmining namoyishi bo'lib o'tdi.
Unda film ijodkorlari, OAV hodimlari hamda bir qator tomoshabinlar
mehmon bo'ldilar. Filmning ilk namoyishi juda katta olqishlar bilan
qarshi olinganini o'zi birinchi yutuq bo'lsa, ajab emas. Bugungi kunda
chiqayotgan mantiqsiz kinokartinalardan ancha yiroq, "yemagan"
kadrlarni umuman ko'rmaysiz, deb aytsak ham mubolag'a bo'lmasa kerak.
26 fevraldan e'tiboran keng namoyishi boshlanadigan mazkur kartina
barchaga birdek yoqishiga umid qilamiz. Filmga oid eng qaynoq
eksklyuziv xabarlarni yaqin kunlarda tortiq etamiz.
|