Ollohga shukrlar bo'lsinkim bu yil ham
sog'-salomat Laylatul Qadr kechasiga yetib keldik. Rabbim bu kecha
butun qilgan duolarimizni qabul etsin. Bu kechaning hususiyatlarini sanaydigan bo'lsak:
Qur'oni Karim bu kechada nozil bo'la boshlagandir. Bu
kecha ming oydan ham hayrli bo'lgan kechadir. Ming oy-83 yillik umrga
teng bo'lib, bir Musulmon Ramazon oyining 26 kechasini 27 kunga
bog'lagan kechani Ollohning qatida haqqi bilan o'tkazsa 83 yilda qozona
olmagan savobini bir kechada qozonishi mumkin ekan. Bu kecha yer
yuziga Jabroyil (A.S) va butun malaklar tushishar ekan. Musulmonlar
Ka'bani qanday tavof etganiday, malaklar ham u kecha Musulmonlarning
atrofida aylanar ekanlar. Bu kecha faqatgina Payg'ambarimiz (S.A.V)ning Ummatiga berilgan qutlug' kechalardan ekan. Agar bu kechaning ulug'ligiga ishonib ertalabgacha duo qilsak, Rabbim butun gunohlarimizni affedar ekan. Qadr kechasi-Qadar (taqdir) kechasidir, Qadr kechasi-Qur'on kechasidir.
Payg'ambarimiz
(S.A.V) Qadr kechasini Ramazonning so'ng 10 kunida qidiring, degan
ekanlar, İslom olimlari ham bu kechaning 26dan 27 kunga o'tadigan
kechaga to'g'ri kelishi haqida hamfikr bo'lganlari uchun bizlar ham bu
kechani toat-ibodatda o'tkazib, ertasi kunga yangi tug'ilgan bolalarday
gunohsiz bo'lishni payida bo'laylik azizlar. Barchangizga Qadr kechasi
hayirli bo'lsin.
QADR SURASI
Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdan iboratdir. Unda
so‘z insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir Kecha haqida — insonlarga
bu hayoti dunyodan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini
ko‘rsatib beradigan so‘nggi muktammal Ilohiy dasturul-amal bo‘lmish
Qur’oni Karim nozil bo‘la boshlagan nihoyat qadrli bir Kecha va uning
fazilatlari haqida boradi.
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan.
1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.
2. (Ey Muhammad alayhissalom), Kadr kechasi nima ekanligini Siz qaerdan ham bilar edingiz?!
3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. Izoh:
Demak, u kechada qilingan toat ibodat ham ming oylik ibodatdan
yaxshiroq bo‘ladi. Bu kechaning barakoti haqida «Duxon» surasining
2-5-oyatlari izohida aytib o‘tilgan. Ko‘pchilik ulamolarning
aytishlaricha, Qadr kechasi Ramazon oyining yigirma yettinchi
kechasidir.
4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni,
Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori-la (yil
davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar.
5. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir.