Fevral oyining ilk prem'erasi ham aniqlandi. Taniqli so'z ustasi va
aktyor, yosh rejissor Sanjar Shodievning yangi kinokartinasi bo'lmish
"7ta haykal 1ta kal" filmi va nihoyat katta ekranga chiqish uchun
tayyor. 5 fevral kuni filmning ilk namoyishi bo'lib o'tadi.
6
fevraldan esa filmning keng namoyishi boshlanadi. Biz mazkur kartinani
badiiy kengash safida birgalikda tomosha qildik. Shuning uchun menimcha
film haqida fikr bildirishimiz mumkin. Yosh kinorejissorning mazkur
ishi juda yuqori darajadagi g'oya asosida suratga olinganligini alohida
ta'kidlab o'tish joiz. Zero, hozirgi ishlanayotgan ko'plab yengil-yelpi
filmlardan anchayin yuqori saviyada ishlangan mazkur film. Bu
fikrimizni Rossiyalik mutaxassislar ham quvvatlagandek, kartinani qayta
ishlash xuquqini "Yappi Film" hamda film g'oyasi muallifi Sanjar
Shodievdan sotib olishga qaror qilishgan. Tez kunda ushbu ish yuzasidan
muzokaralar o'z nihoyasiga yetadi va Rossiya kinoijodkorlari ham mazkur
kartina g'oyasi asosida film suratga olishadi. Rossiyalik
kinoshunoslarning e'tiborini torta olgan g'oya bizning tomoshabinlarni
ham qiziqtirishi shubhasiz! Filmga oid ko'plab qiziqarli ma'lumotlar
bor bizda. Bular haqida tez orada xabardor etamiz.