Gulning pastki barglari qurishi va to`kilishi yorug`lik yetishmasligi yoki havoning o`ta yuqori haroratligi, yetarlicha sug`ormaslik oqibatida ro`y beradi. G`unchasiga to`kilishiga havoning quruqligi, kamsug`orish, tuvak joyini tez - tez almashtirish, azot yetishmasligi va zararkunandalar sabab bo`ladi.
Gullari tez so`lib qolsa, bu o`simlikning o`g`itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik yetismayotganligi, haddan ortiq issiq harorat belgisi.
Barglari uchi sarg`ayishi - kalsiy yetishmasligi, yetarlicha sug`ormaslik oqibati.
Sopol tuvak yuzasida yashil qoplam paydo bo`lsa, Biling-ki, suvni ko`p quygansiz.