Главная » 2011»Август»4 » 2-avgust imtihonlari raqamlarda: Qayerga qancha odam topshirdi?
10:14
2-avgust imtihonlari raqamlarda: Qayerga qancha odam topshirdi?
2-avgust kuni O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlarida kirish imtihonlari o’tkazildi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi e’lon qilgan ma’lumotga ko’ra, eng ko’p abiturient Termiz Davlat Universiteti hissasiga to’g'ri kelmoqda. Bu yil oliy o’quv yurtlariga jami 418 724 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu o’tgan yilgi raqamdan 33 mingta ko’p. 20 159 abiturientdan hujjat qabul qilgan Termiz Davlat Universiteti ta’lim muassasalari orasida eng ko’p hujjat qabul qilish borasida yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o’rinlarda quyidagi universitetlar bor: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti – 17 357; Samarqand Davlat universiteti – 16 369; Andijon Davlat universiteti – 15 949; Farg’ona Davlat universiteti – 15 668. Ajratilgan talaba o’rinlariga eng ko’p talabgor to’g'ri kelishi bo’yicha ham Termiz Davlat Universiteti birinchi o’rinda. Bu yerda bir o’ringa 12,8 kishi to’g'ri kelmoqda. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Qarshi Davlat universitetlarida bir o’rin uchun 11,6 abiturient imtihon topshirgan. Bu borada keyingi o’rinlarni quyidagi o’quv yurtlari band etgan: Toshkent Soliq akademiyasi – bir o’ringa 11.5 kishi; Andijon Davlat tibbiyot instituti – bir o’ringa 11.2 kishi; Andijon Davlat universiteti – 11.1 kishi. Avval xabar berganimizdek, bu yil oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari, abiturientlar soni har yilgidan ko’pligi bois, 1-avgustdan 2-avgustga ko’chirilgan edi.