BMTning iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo'limi dunyo aholisining 2050 yildagi holati haqida o'z tahminlarini e'lon qildi. Ekspertlar fikriga ko'ra, 3,3 mlrd. erkak va 3,2 mlrd.lik ayolga ega bo'lgan sayyoramizning aholisi 2050 yilga borib, 1,5 baravarga oshadi va 9,1 mlrd. kishini tashkil etadi. Yarim asrdan so'ng sayyoramizda uchta holat kuzatiladi: aholining umumiy qarishi, tug'ilishning pasayishi va SPID epidemiyasi. Kam rivojlangan davlatlardagi demografik o'sish hisobiga jahonda tug'ilishlar soni oshib boraveradi. Ayni paytda rivojlangan davlatlarda aholi soni o'zgarmay qolaveradi (1,2 mlrd. kishi). Hozirgi kunda Yer yuzida tug'ilish koeffisienti 2,65 foizni tashkil etsa, 2050 yilga borib bu ko'rsatkich 2,05 foizga tushib qoladi.
Yuz yillik o'rtalarida Hindiston Xitoydan o'zib ketadi. Hindiston aholisi 489 mllionga ko'payib, jami 1,6 mlrd. kishini tashkil etadi. Tug'ilish tempining pasayishi tufayli Xitoy aholisi 76 millionga ko'payadi xolos va 1,4 mlrd. kishiga yetadi. 2050 yilda eng aholisi ko'p davlatlar ro'yxatida 395 million aholi bilan AQSh uchunchi o'rinni egallaydi.
2050 yildagi eng aholisi ko'p davlatlar ro'yxati
Afg'oniston, Burkina-Faso, Burundi, Chad, Gvineya-Bisau, Liberiyam Mali, Uganda kabi kam rivojlangan davlatlarda aholi ko'payishi ortib boraveradi. Aholining eng ko'p o'sishi Pokiston (+147 mln), Nigeriya (+120 mln) va Kongo (+120 mln)da kuzatiladi. Rossiyada esa demografik holat tushib boradi: 43 yildan so'ng Rossiya Federatsiyasi aholisi 31 million kishiga kamayadi. Shuningdek, Ukraina (-20 mln), Yaponiya (-16 mln) va Italiya (-7 mln) aholisi ham sezilardan darajada kamayadi.
2050 yilda aholi ko'payishi bo'yicha mamlakatlar o'rni 2050 yilda aholisi eng kamayadigan davlatlar ro'yxati
BMT ekspertlari tahminlariga ko'ra, XXI asrning o'rtalarida tug'ilishning pasayishi oqibatida o'rtacha umr ko'rish yoshi ham oshadi. Yaponiya, Xitoy, Shvetsiya, Shveysariya va Islandiya aholisi eng ko'p umr ko'ruvchilar ro'yxatini boshqaradilar. Ularning o'rtacha umr davomiyligi 86 yoshni tashkil etadi. Aholining qarib borishi jarayoni mehnatga layoqatsiz kishilarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Hozirgi kunda sayyoramizda 80 yoshdan qari kishilar 84 milliondan ortiq bo'lsa, yuzyillik o'rtalarida ularning soni 390 millionga yetadi. Afrikaning Tanzaniya, Botsvana va Papua-Yangi Gvineya davlatlari eng "yosh" davlatlar bo'lib qoladi. Bu davlatlar aholisning 65 foizini 15 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan kishilar tashkil etadi. yaponiya, Italiya va Martinika "eng qari" davlatlar sirasiga kiritilib, aholisning har 7 nafaridan biri 80 yoshdan o'tgan bo'ladi.
SPID bilan bog'liq demografik yo'qotish 2050 yilga borib, 480 million kishini tashkil etadi. SPID va VICH infeksiyasi orqali aholi pasayishi xavfi 60 ta davlatda kuzatiladi. 60 ta davlatdan 40 tasi Afrika, 12 tasi Lotin Amerikasi va karib havzasi, 5 tasi Osiyo va 3 tasi Yevropa va Shimoliya Amerikada joylashgan. Bunday davlatlar tarkibiga bu yil Rossiya va Aqsh ham qo'shildi.
Ayni paytda g'arb davlatlari aholi ko'payishini rag'batlantirish maqsadida, har xil tadbirlar ishlab chiqmoqdalar. Shunga qaramay, aholining tug'ilish darajasi g'arb davlatlarida ortib boradi. Tug'ilish darajasi pasayib borayotgan Rossiyaning musulmon viloyatlarida aksincha holat kuzatilmoqda.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, musulmon davlatlarida har qanday holatda ham (urush, epidemiyalar, qashshoqlik, tabiiy ofatlar) aholi ko'payishi kuzatiladi. Bu oxirzamon payg'ambari Muhammad sallollohu alayhi vasallamning: "Uylaninglar, farzand ko'ringlar, men qiyomatda ummatlarim ko'p bo'lishi bilan faxrlanaman" degan targ'iblari bilan izohlanadi.
2050 yildagi eng aholisi ko'p davlatlar
№ / Mamlakat / 2050, ming kishi
1. Hinditon 1 592 704 2. Xitoy 1 392 307 3. AQSh 394 976 4. Pokistan 304 700 5. Indoneziya 284 640 6. Nigeriya 258 108 7. Braziliya 253 105 8. Bangladesh 242 937 9. Kongo 177 271 10. Efiopiya 170 190 11. Meksika 139 015 12. Filippin 127 068 13. Uganda 126 950 14. Misr 125 916 15. Vyetnam 116 654 16. Yaponiya 112 198 17. Rossiya 111 752 18. Eran 101 944 19. Turkiya 101 208 20. Afg’oniston 97 324 21. Keniya 83 073 22. Germaniya 78 765 23. Tailand 74 594 24. Buyuk Britaniya 67 143 25. Tanzaniya 66 845 26. Sudan 66 705 27. Kolumbiya 65 679 28. Iroq 63 693 29. Myanma 63 657 30. Fransiya 63 116 31. Yaman 59 454 32. Argentina 51 382 33. Nepal 51 172 34. Italiya 50 912 35. Niger 50 156 36. Jazoir 49 500 37. Saudiya Arabistoni 49 464 38. JAR 48 660 39. Marokash 46 397 40. Koreya 44 629 41. Madagaskar 43 508 42. Angola 43 501 43. Kanada 42 844 44. Peru 42 552 45. Ispaniya 42 541 46. Venesuela 41 991 47. Mali 41 976 48. Gana 40 573 49. Burkina-Faso 39 093 50. Malayziya 38 924 51. O’zbekiston 38 665 52. Mozambik 37 604 53. Suriya 35 935 54. Kot-d'Ivuar 33 959 55. Polsha 31 916 56. Chad 31 497 57. Malavi 29 452 58. Avstraliya 27 940 59. Kamerun 26 891 60. Ukraina 26 393 61. Kambodja 25 972 62. Burundi 25 812 63. Gvatemala 25 612 64. Koreya XDR 24 192 65. Shri-Lanka 23 554 66. Senegal 23 108 67. Gvineya 22 987 68. Zambiya 22 781 69. Benin 22 123 70. Somali 21 329 71. Chili 20 657 72. Ekvador 19 214 73. Ruanda 18 153 74. Niderlandiya 17 139 75. Ruminiya 16 757 76. Zimbabve 15 805 77. Boliviya 14 908 78. Sierra Leone 13 786 79. Kongo 13 721 80. Togo 13 544 81. Qozog’iston 13 086 82. Gaiti 12 996 83. Tunis 12 927 84. Gonduras 12 776 85. Dominikan 12 668 86. Paragvay 12 095 87. Laos 11 586 88. Eritreya 11 229 89. Salvador 10 823 90. Gretsiya 10 742 91. Portugaliya 10 723 92. Liberiya 10 653 93. Papua-yangi Gvineya 10 619 94. Tojikiston 10 423 95. Isroil 10 403 96. Belgiya 10 302 97. Iordaniya 10 225 98. Falastin 10 058 99. Shvetsiya 10 054 100. Kuba 9 749 101. Ozarbayjon 9 631 102. Liviya 9 553 103. Serbiya va Chernogoriya 9 426 104. Nikaragua 9 371 105. Xitoy, Gonkong 9 235 106. BAA 9 056 107. Chexiya 8 452 108. Vengriya 8 262 109. Avstriya 8 073 110. Mavritaniya 7 497 111. Shveysariya 7 252 112. Belarus 7 017 113. Turkmanistan 6 780 114. MAR 6 747 115. Qirg’iziston 6 664 116. Kosta-Rika 6 426 117. Daniya 5 851 118. Irlandiya 5 762 119. Norvegiya 5 435 120. Finlyandiya 5 329 121. Gvineya-Bissau 5 312 122. Kuvayt 5 279 123. Singapur 5 213 124. Panama 5 093 125. Bolgariya 5 065 126. Omon 4 958 127. Yangi Zelandiya 4 790 128. Livan 4 702 129. Slovakiya 4 612 130. Puerto-Riko 4 405 131. Butan 4 393 132. Urugvay 4 043 133. Xorvatiya 3 686 134. Mongoliya 3 625 135. Albaniya 3 458 136. Moldova 3 312 137. Sharqiy Timor 3 265 138. Bosniya va Gersegovina 3 170 139. Gambiya 3 106 140. Namibiya 3 060 141. Gruziya 2 985 142. Yamayka 2 586 143. Litva 2 565 144. Armaniston 2 506 145. Gabon 2 279 146. Komor orollari 1 781 147. Latviya 1 678 148. Botsvana 1 658 149. Sloveniya 1 630 150. Lesoto 1 601 151. Jibuti 1 547 152. Mavrikiy 1 465 153. Katar 1 330 154. Trinidad va Tobago 1 230 155. Kipr 1 174 156. Bahrayn 1 155 157. Ekvatorial Gvineya 1 146 158. Estoniya 1 119 159. Reyunion 1 092 160. Svazilend 1 026 161. Kabo-Verde 1 002 162. Fiji 934 163. Solomon orollari 921 164. G’arbiy Sahroi Kabir 896 165. Lyuksemburg 721 166. Maldiv 682 167. Bruney 681 168. Xitoy, Aomin 520 169. Gayana 488 170. Gvadelupa 474 171. Bagam orollari 466 172. Beliz 442 173. Surinam 429 174. Malta 428 175. Yangi Kaledoniya 382 176. Vanuatu 375 177. Islandiya 370 178. Fransuz Polineziyasi 360 179. Fransuz Gvianasi 359 180. Martinika 350 181. San-Tome va Prinsipi 295 182. Barbados 255 183. Guam 254 184. Antil orollari (Niderlandiya) 203 185. Sent-Lyusiya va Grenadina 188 186. Kiribati 177 187. Normand orollari 171 188. Samoa 157 189. Grenada 157 190. Marshall orollari 150 191. Shimoliy Marian orollari 130 192. Amerika Samoasi 119 193. Antigua va Barbuda 112 194. Aruba 110 195. Sent-Vinsent va Grenadina 105 196. Mikroneziya 99 197. Seyshel orollari 99 198. Dominika 98 199. Virgin orollari 82 200. Tonga 75 201. Men oroli 69 202. Bermuda 63 203. Grenlandiya 59 204. Kayman orollari 59 205. Sent-Kitts va Nevis 59 206. Andorra 58 207. Farer orollari 55 208. Monako 55 209. Lixtenshteyn 44 210. Terks va Kaykos 35 211. San Marino 30 212. Britan Virgin orollari 28 213. Gibraltar 26 214. Uollis va Futuna 25 215. Palau 21 216. Nauru 18 217. Angilya 17 218. Kuk orollari 12 219. Tuvalu 12 220. Avliyo Yelena oroli 6 221. Monserrat 5 222. Folklend orollari 3 223. Niue 2 224. Tokelau orollari 2 225. Vatikan 1
2050 yilda aholi ko'payishi bo'yicha mamlakatlar o'rni
№ / Mamlakat / 2050-2005, ming kishi
1. Hindiston 489 333 2. Pokiston 146 765 3. Nigeriya 126 578 4. Kongo 119 722 5. Bangladesh 101 115 6. Uganda 98 134 7. AQSh 96 763 8. Efiopiya 92 759 9. Xitoy 76 463 10. Afg’oniston 67 461 11. Braziliya 66 700 12. Indoneziya 61 859 13. Misr 51 883 14. Keniya 48 817 15. Filippin 44 014 16. Yaman 38 479 17. Niger 36 199 18. Iroq 34 886 19. Eron 32 429 20. Vietnam 32 416 25. Turkiya 28 015 29. Saudiya Arabistoni 24 891 36. Suriya 16 892 37. Jazoir 16 646 41. Marokash 14 919 45. Malayziya 13 577 50. O’zbekiston 12 072 78. Tojikiston 3 916 95. Turkmaniston 1 947 100. Qirg’iziston 1 400
2050 yilda aholisi eng kamayadigan davlatlar
№ / Mamlakat / 2050-2005, ming kishi
1. Rossiya -31 450 2. Ukraina -20 088 3. Yaponiya -15 887 4. Italiya -7 181 5. Polsha -6 614 6. Ruminiya -4 954 7. Germaniya -3 924 8. Koreya -3 188 9. Belarus -2 738 10. Bolgariya -2 661 11. Vengriya -1 836 12. Chexiya -1 768 13. Qozog’iston -1 739 14. Kuba -1 520 15. Gruziya -1 489 16. Serbiya va Chernogoriya -1 077 17. Moldova -894 18. Litva -866 19. Xorvatiya -865 20. Slovakiya -789 21. Bosniya va Gertsegovina -737 22. Latviya -629 23. Ispaniya -523 24. Armaniston -510 25. Gretsiya -378 26. Sloveniya -337 27. Gayana -263 28. Estoniya -211 29. Lesoto -194 30. Belgiya -117
|