Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 9 » 2010 YILDA KUTILAYOTGAN IXTIROLAR
17:28 2010 YILDA KUTILAYOTGAN IXTIROLAR |
XXI asr – texnika asri bo'ladi, deya jar solayotgan olimlar o'z so'zlarining isboti sifatida birin-ketin yangidan-yangi aql bovar qilmas narsalarni ixtiro qilishmoqda. Garchi hali ommaga taqdim etilmagan bo'lsa-da, qilinajak ixtirolar haqida jamoatchilik turli manbalar orqali xabar topib turadi.
Biz ham 2010 yilda jamoatchilik hukmiga havola etiladigan ixtirolar haqida ma'lumot berishga qaror qildik.
Elektron chaqaloq Ota yoki ona bo'lishga tayyormisizq Chaqalog'ingiz kasal bo'lib, injiqlik qilganda kechalari uxlamay chiqishga tayyormisizq Yaponlar buni sinab ko'rish uchun elektron trenajer-chaqaloq ixtiro qilishdi. U eng noqulay paytda yig'lashga tushadi, agar vaqtida tagligini almashtirmasangiz "tagini ho'llab qo'yishi” ham mumkin. Bu ixtiro bo'lajak ota-onalarning sabr –bardoshini sinovdan o'tkazadi. Yaponlar tez orada bunday elektron chaqaloqlarni ommaviy tarzda ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.
Asablari po'lat o'qituvchi Yaponlarning 2010 yilda omma hukmiga havola etadigan yana bir ixtirosi e-nuvo Humanoid nomli robot-o'qituvchidir. Bu robotning bo'yi 126 santimetr bo'lib, boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Ixtirochilarning rejasiga ko'ra, u bolalarga fizika va matematikadan dars beradi (Yaponiyada bu fanlar boshlang'ich sinfdan boshlab o'tiladi). Robot kompyuter yoki masofaviy pult bilan boshqariladi. U ovoz bilan beriladigan komandalarni tushunadi, boshida esa yozuvni doskada aks ettira oladigan proyektor o'rnatilgan. Robotning asablari o'quvchilarning shovqiniyu, qitmirliklariga dosh bera oladi. Axir asablari po'latdan-da.
Dangasalar uchun massaj toji Ana sizga yaponlarning yana bir hazili. Naushnikni taqib o'zingiz yoqtirgan musqani tinglayverasiz, bu paytda esa uCrown 2 boshingizni asta-sekin massaj qila boshlaydi. Faqat uxlab qolmasangiz bo'ldi. Nomining tarjimasi "toj” ma'nosini anglatgani uchun uni massaj toji deb atashgan.
Silab-siypalanadigan telefon Chamasi, sensor ekranli telefonlarning davri tugagan ko'rinadi. Synaptics kompaniyasi silash, g'ijimlash va silkitish yo'li bilan boshqariladigan uyali telefon ixtiro qildi. Eng asosiysi, telefondagi ish bitta qo'lda bajariladi. Qo'ng'iroqlar ro'yxatini ko'rish uchun telefonni silkitish kifoya. Operatsiyani to'xtatish uchun g'ijimlasangiz bo'ldi. Bu modeldagi telefonlar yanvar oyining o'rtalarida Las-Vegasda o'tadigan elektronika iste'molchilari ko'rgazmasida namoyish etiladi.
"Elektron teri” Philips kompanyasi tadqiqotchilari texnika vositalari uchun "elektron teri” ixtiro qilishdi. U egasining xohishiga qarab rangini o'zgartira oladi. Masalan, sizni bezor qilgan odam qo'ng'iroq qilsa, telefon to'satdan qizara boshlaydi. Bunday "teri” bilan uydagi jihozlar rangini ham o'zgartirsa bo'ladi. Philips kompaniyasi olimlarining aytishicha, ma'lum vaqt o'tgach, bunday "teri”ni avtomobil, samolyot va yaxtalarga ham "yopishtirish” mumkin bo'ladi. Ajoyib, to'g'rimiq Mashinangiz xuddi kiyim almashtirgandek rangini almashtiraveradi.
Yana velosiped ixtiro qilindi Velosipedning tezligini oshiradigan va havodagi ifloslanish haqida xabar berib turadigan Biking 2.0 uskunasi Kopengagenda bo'lib o'tgan iqlimning global o'zgarishi bilan bog'liq sammit paytida ommaga namoyish etildi. Bu uskunani velosipedning orqa g'ildiragiga o'rnatasiz va u tezlikni maksimal darajada oshirib beradi. Pedalni aylantirish vaqtida uskuna o'ziga elektr quvvat yig'averadi. Shu bilan birga u Bluetooth yordamida velosiped ruliga o'rnatilgan iPhone apparatiga siz ketayotgan yo'ldagi havoning ifloslik darajasi va hatto, yo'llardagi tirbandlik haqida xabar berib turadi. - Bunday uskunalarni istalgan velosipedga o'natish mumkin, - deydi Massachusets universiteti olimi, loyiha rahbari Karlo Ratti. Bunday uskunalar birinchi navbatda Kopengagen munitsipal xizmati xodimlariga berilishi redalashtirilgan. Madaminbek tayyorladi
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1589 |
Добавил: _SCORPION_
| Рейтинг: 4.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|