Ancha yillardan buyon faqat xotiralarda aks etib kelayotgan kechinmalaim, usha kezlarda qalbimda shirin hislar-u, istiroblarni jo qilgan tuyg’u yana bugun isyon qilganday.Mana bir necha yil o’tibdi xamki, uni unuta olmadim.Usha kungacha faqat uni bir marta bo’lsada ko’rish, ko’zlariga boqib zarracha bo’lsada menga nisbatan yuragida mehri qolgan qolmaganligini anglash orzusi bilan yashadim.Hayollarim faqat u bilan edi.Orziqib kutgan kun esa…………. U meni tanidi, o’rtog’I bilan gaplashib turar , mendan ko’zini uzmasdi.Men esa dardim ichimda xolam bilan yulimda davom etardim.SHundan keyin, u endi meni kelganimni biladi, unutmagan bo’lsa hol so’rab o’zi izlab topadi deb kutdim.Lekin tez orada ortga qaytib ketishimga to’g’ri keldi.Uni o’zim izlab topgim kelardi, g’ururim esa also bunga yul qo’ymasdi.Yana yullarimiz ayri tushdi.Taqdir yullarimizni allaqachon boshqa-boshqa qilib yuborganiga sira ishongim kelmaydi.