Bevafoginam... Meni o‘z sevgingizga ishontirib, hijronlarga tashlab ketdingiz. Bir lahzaning ichida o‘zganing yoriga aylandingiz. Sizni bevafo deb atadim, ammo suymaslikning, unutishning iloji yo‘q ekan. Sizga shu qadar bog‘lanib qolgan ekanmanki, endi bir umr qalbim to‘ridan ismingizni o‘chirolmasam kerak. Siz mening tanho malikam edingiz. Endi boshqanikisiz, lekin bilib qo‘ying, sizni hech kim mendek sevolmaydi. Hali bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Baxtli bo‘ling, bevafoginam...