SHANBA, 2024.12.28, 20:11
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Август » 27 » Yigitlar uchun
17:05
Yigitlar uchun

Sevgan qizingiz bilmasligi kerak bo'lgan 10 narsa 
null
Har bir yigitning kayfiyati, o'zini tutishi va qilmoqchi bo'gan ishlari juda juda ko'p hollarda sevgan qiziga bog'liq bo'ladi. Ikki sevishgan insonning hayoti deyarli har doim bir-biriga bog'liq bo'ladi. Bu esa munosabatlarning imkon qadar yaxshi va iliq bo'lishi shart ekanligini anglatadi.
Har yerda muvozanat bor. Sevishganlar munosabatining davomiy bo'lishida juda ko'p narsalarning o'zaro munosabati o'ta muhim rol o'ynaydi. Shu jumladan, ikki kishi o'rtasidagi sir ham (garchi shu ikki kishi bir-birlariga qanchalik yaqin bo'lishmasin) munosabatning qay yo'sinda davom etishiga ta'sir ko'rsatadi. Qizlarning o'z sirlari bor. Bu sirlar keragidan ortiq darajada ko'p deyish ham to'g'ri bo'ladi. Shu qatorda, yigitlarda ham o'z sevgan insonlaridan sir saqlashalari kerak bo'lgan ba'zi narsalar bo'lishi kerak.
Quyida har bir yigit o'z sevgan qizidan har doim sir saqlashi kerak bo'lgan 10 ta eng muhim narsalar ro'yxatini keltirib o'taman. Ro'yxatni oddiydan eng muhimigacha, ya'ni 10-darajali sirdan 1-darajali sirgacha keltirib o'taman:

10. Boshqa qizlarga e'tibor.
To'g'ri, Siz o'z sevgilingizga sodiqsiz, undan boshqasiga qayrilib ham qaramaysiz. Lekin bu gaplar faqat sevgan qizingizga aytiladi, holos. Birinchidan, agar rostdan ham Siz kimnidir sevsangiz, boshqasiga e'tibor qilmaysiz. Ikkinchidan, agar e'tibor qilgudek bo'lsangiz ham bu narsani sevgan qizingiz hech qachon sezmasligi kerak. U bilan yurganingizda u o'zini Sizning e'tiboringiz tufayli shu ko'chada yoki hiyobonda yurgan bitta-yu bitta qiz deb tasavvur qilsin. Bilib qo'ying, qanday e'tibor ko'rsatsangiz, shunga yarasha javob olasiz!

9. Pulingiz qayerga sarflanayapti.
Pul hech qachon sevgi bilan aralashtirilmasligi kerak. Shunday ekan, sevgan qizingiz hech qachon Sizning xarajatlaringiz, pulingiz nimalarga sarflanayotganligi, xarajat va foydangiz haqida bilmasligi kerak. Bunaqa xavfli axborotning sevgan qizingiz ongida joylashishi kelajakda o'zingizga qiyinchilik olib kelishi mumkin. Chunki pulingiz ko'p bo'lgan vaqtda ko'p sarf-xarajat bo'lishi yoki aksincha, puldan qiynalib turgan paytda noqulay vaziyatga tushib qolmasligingiz uchun sevgan qizingiz cho'ntagingiz ahvoli haqida bilmagani ma'qul.

8. Ota-onangiz moddiy yordamiga suyanishingiz.
Yigit kishi har doim mustaqil bo'lgani yaxshi. To'g'ri ota-onalarimiz bizga yordam berishadi. Ularning yordam berishi biz o'sha narsani o'zimiz qila olmasligimiz uchun emas, shunchaki ular o'z farzandlariga g'amxo'rlik qilishni istashlaridandir. Shuning uchun kuni kelib Siz ota-onangizdan qandaydir moddiy yordam yoki biror narsa olishingiz mumkin. Bu narsani sevgan qizingiz hech qachon bilmasligi kerak. Agar bilib qolsa, Sizning yigitlik obro'ingizga ham, uning Siz haqingizdagi ishonchiga ham putur yetishi mumkin.

7. Ojizligingiz va qo'rquvlaringiz.
Sevgan qizingiz hech qachon Sizning ojiz, kuchsiz tomoningizdan xabardor bo'lmasligi kerak. Hech qachon sevgan qizingizga nimalardan qo'rqishingiz, nimalarni qila olmasligingiz va qaysi holatlarda oqsashingiz haqida gapirmang.

6. Qo'pol so'zlaringiz, so'kinishlaringiz.
6-o'rindagi muhim bu sirga ta'rif yozmasam ham bo'ladi. Qo'pol so'zlar nafaqat sevgan qizingizni, balki boshqalarni ham Sizdan tez sovutadi, ularning yaxshi munosabatlarini yomonlashtiradi. Bilamiz, Siz zo'rsiz, Siz o'ta qo'pol so'zlarni ishlata olasiz, Siz juda ko'p so'kinish so'zlar bilasiz. Lekin bu qobiliyatingizni sevgan qizingiz oldida namoish etmang! Agar, u qiz oldada xurmatin yo'qolmasin desangiz, albatta...

5. Do'stlaringiz va tanishlaringizning yomon odatlari.
Siz ko'chada ko'p vaqtingizni do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringiz davrasida o'tkazasiz - buni axmoq ham biladi. Ularning yomon odatlarini Siz ham ular bilan birga bo'lgan paytda qilishingiz hech gap emas. Shuning uchun do'st-tanishlaringizning yomon odatlari haqida sevgan qizingiz bilmasligi kerak. Agar qizingiz Siz birga ishlaydigan kishilar tushlik payti sigaret chekib o'tirishi, aroq ichishi, yomon mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini bilib qolsa, demak Siz ham ular bilan birga bo'lgan paytlaringizda huddi shu ishlar bilan shug'ullanishingiz mumkin, degan shubhaga boradi.

4. Sevgan qizingizning oila a'zolari haqida yomon shubha yoki fikrlaringiz.
Dunyoda mukammal inson yo'q. Hamma ham xato qiladi, hammada ham kamchilik bor. Agar Sizga sevgan qizingiz oila a'zolaridan biror kishi yoki shu kishining qilayotgan ishi yoqmasa, imkon qadar bu haqda sevgan qizingizga gapirmang. Unutmang, Sizga yoqmayotgan kishi sevgan qizingizning eng yaxshi ko'rgan kishisi bo'lishi mumkin!

3. O'tmishdagi ma'shuqalaringiz.
Sevgan qizingiz yoningizda. U Sizning yagona muhabbatingiz! Lekin uni topguncha bo'lgan vaqtda Siz boshqa qizlar bilan tanishgan, ular bilan ishqiy munosabatda bo'lgan bo'lishingiz mumkin. Agar Sizga yoningizdagi sevgan qizingiz mehri kerak bo'lsa, o'tmishdagi birga yurgan, yoki Siz yoqtirgan qizlaringiz haqida unga gapirmang!

2. Sevgan qizingizdan avval yoqtirib yurgan, yoki birga bo'lgan qizingizdan esdalik buyum.
Hech qachon sevgan qizingiz o'zidan avvalgi Sizning hayotingizda bo'lgan qizlardan Siz uchun qolgan esdaliklar haqida bilmasligi kerak. Balki avval yoqtirgan qizingir Sizga biror esdalik; kitob, chiroyli kiyim, taqinchoq, ramziy surat yoki biror idish sovg'a qilgandir. Uning sovg'asini hali ham saqlab yurganingizni sevgan qizingiz bilib qolsa, u hali ham o'sha qizni qumsayotgan ekan, degan fikrga borishi mumkin.

1. Sevgan qizingizdan avvalgi hayotingizda bo'lgan qizlar haqida xotira.
Bir qozonda ikki qo'chqorning boshi qaynamaydi. To'g'ri, qo'chqorlar haqidagi maqolni qizlarga nisbatan ishlatish yaxshi emas, lekin bu vaziyatda aynan mana shu maqol juda mos keladi. Sevgan qizingizda avvalgi qiz bola tanishlaringzi ismlari, ularning odatlari, ular bilan qilishga odatlangan ishlaringiz... bulaning birortasi ham sevgan qizingizga yoqib tushmaydi. Shuning uchun bu turdagi narsalarni sevgan qizingizda sir tutishingiz kerak!

Yuqoridagi ro'yxatdan qaysi bo'limlarni o'zingizga yaqin olishingiz - Sizning ishingiz! Ammo, bu o'nlik har doim esingizda bo'lishi kerak! 

www.sherlar.uz


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR | Просмотров: 3896 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 3.5/4
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz