Maykl Jeksonni 3 sentyabrda dafn etadigan bo‘lishdi. Bu haqda France-Presse agentligi mar-humning oilasi bergan rasmiy ma’lumotlarga tayangan holda xabar berdi.
Qo‘shiqchi bilan xayrlashuv marosimi Los-Anjelesning Glendeyl shaharchasida joylashgan Forest Lawn qabristonida bo‘lib o‘tadi. Marhumning oila a’zolari ancha paytgacha qo‘shiqchining qaysi kunda ko‘milishini sir tutib yurishdi. Bundan tashqari, ayrim manbalar, jumladan, Jeksonlar oilasining advokati Brayan Oksman dafn marosimi o‘tkazib bo‘linganini xabar bergan edi. Ko‘p o‘tmay qo‘shiqchining otasi Jo Jekson esa jurnalistlarga dafn marosimi 29 avgustga rejalashtirilganini ma’lum qildi. Keyin Jo Jekson marosim 31 avgustga ko‘chirilganini aytdi.
Afsuski, dafn marosimi cho‘zilgandan cho‘zilib ketgan Maykl Jeksonning vafoti sabablari, jasad ikki marta yorib ko‘rilganiga qaramay, hali aniqlanganicha yo‘q.