Ikki tomchi suvdek bir-biriga o‘xshash egizaklar yaqinda Los-Anjelesning Traydi shaharchasida dunyoga keldi. Ba’zi egizaklar bir-biridan andak farqli bo‘lishadi. Er-xotin Kayli va Remilar xonadoniga quvonch keltirgan qizaloqlarning rangidagi yer bilan osmoncha farq barcha-barchani ajablantirardi. Chunki ularning biri qordek oppoq, ikkinchisi shokolad rangida. Qizaloqlarning rangidagi katta farqlanishdan oila sohiblari mutlaqo ajablanishgani yo‘q. Chunki egizaklarning buvisi oq, buvasi esa qora tanli. «Qazisan-qartasan, o‘z naslingga tortasan» deganlaricha bor. Mutaxassislar bunday egizaklar har 50 yilda faqat bir marotaba tug‘ilishini ta’kidlashmoqda.