YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:26
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 4
MEXMON 4
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Август » 23 » OSMONO`PAR BINOLAR
02:12
OSMONO`PAR BINOLAR
EMPIRE STATE BUILDING
null

Kelasi yili Nyu-Yorkning mashhur “Empire State Building” binosi 75 yoshga to`ladi. Bu bino 1933-yilda qurilgan bo`lib, uning tomida film ham suratga olingan edi.
«King Kong» filmi so`nggida naxluq bilan bo`lgan jang aynan shu binoning tomida «bo`lib o`tgan». 1976-yilda ishlangan «King Kong»da esa jang Butunjahon Savdo uyi tomida bo`lgan edi. 2005-yilda yana katta maymun haqidagi kinoni suratga olishni boshlagan rejissor Piter Jekson King Kongni yana Empayr steyt bildingning tomiga olib chiqdi.
Bugungi kunda bino Manxettenning eng hayot qaynagan joylaridan biridir. Nyu-Yorkdagi eng baland bino maqomiga ega bu inshootning balandligi 430 metrga yetadi. U 108 ta qavatdan tashkil topgan. Mana 30 yildirki, Nyu-Yorkliklar bu binoga chiqish bo`yicha musobaqa o`tkazishadi. O`tgan yili nemis sportchisi Tomas Dold g`alaba qozongan edi. U 86 ta qavatga ko`tarilish uchun 10 daqiqayu 19 soniya sarflagan. Ayollar o`rtasida esa Avstriyalik Andrea Mayr g`olib bo`lgan. Uning ko`rsatgan vaqti 11 daqiqa, 23 soniyaga teng bo`lgandi.
AQSH 2005-yilda baland binolari bo`yicha jahonda birinchilikni egallagan edi. Eng baland binolar yuztaligining qirq vakili aynan AQSHda joylashgan. Ikkinchi o`rinni esa Xitoy egallagan. Bunga asosiy sabab Gonkongning osmono`par binolaridir.
TAIPEI 101
Dunyodagi eng baland bino sifatida Taipei 101 ko`rsatilgan. 101 qavatdan iborat bu binoning balandligi 509 metrni tashkil etadi. Agar metrlar bilan emas, qavatlar bilan bellashadigan bo`lsa birinchilikni Chikagoning Sears Tower binosi egallashi tayin. Balandligi 442 metr bo`lgan bu bino 110 ta qavatdan iborat. Eng qadimiysi esa biz bilgan Empayr Steyt Bildingdir.
264 metrlik bo`yga ega Rossiyaning «Triumf-Palas» binosi Jahon bo`yicha 59-o`rinni egallaydi. Biroq u Yevropada eng baland aholi yashash joyi hisoblanadi.
Nyu-York osmono`par binolar shahridir. Bu yerdagi binolarning ko`pchiligi Qadimgi Bobilning zikkuratlari kabi qurilgan. Lekin ular orasida «art-deko» uslubida qurilganlarini ham ko`rish mumkin. «Fleytron bilding» shahardagi osmono`par binolarning ilk vakilidir. Me`mor D.X.Bernem g`oyasi asosida qurilgan bu bino o`ziga xos uslubda yaratilgan. Bu yerda doimo shamol esib turadi.
«Empayr steyt bilding» o`z nomini shtat laqabidan olgan. Nyu-Yorkni «Imperiya shtati» deb ham atashadi. Inshoot Buyuk Inqiroz davri (1929-1931-yillar)da «Shriv, Lemb va Xarmon» arxitektorlik firmasi g`oyasi asosida qurilgan. O`sha davrda binoni ijaraga oladigan yoki sotib oladigan kishi yo`q edi. Shuning uchun bino dastlab Empty State Building deb atalgan (inglizchadan «Empty» «bo`sh» degani). Oradan o`n yil o`tib bino to`ldi. 60 000 tonna qo`rg`oshin, 10 mln. dona g`isht, 6 500 ta deraza, 73 ta lift, jami 365 000 tonna yuk bu binoning haqiqiy og`irligidir. 1945-yilning iyulida o`z kursidan chiqib ketgan samolyot binoga uriladi. O`sha aviahalokat natijasida 14 ta odam halok bo`lgan, umumiy hisobda 1 mln. dollar zarar yetkazilgan. Binoning 16-qavatida joylashgan dirijabllar uchun mo`ljallangan dispetcherlik zali bu falokatni katta ko`rinishga keltirmaslikka o`ziga xos hissa qo`shgan edi.
Bino Nyu-Yorkning eng baland binosi bo`lish bilan birga eng chiroyli binolaridan biri hamdir. Bino zallari 8 xil rangda tovlanadi.
Kraysler-bilding (72 qavat) 1929-yida avtomobil magnati Uolter Krayslerning buyurtmasiga asosan qurilgan.
57 qavatli Vulvort osmono`par binosi «Chakana savdo ibodatxonasi» deb ham ataladi. 241 metr bo`yga ega bu bino 1913-1930-yillarda dunyoning eng baland inshooti degan nomga sazovor bo`lgan.
Sitikorp binosi 279 mertlikdir. Uning 45 daraja burchak ostida kesilgan tomiga quyosh batareyalari o`rnatilgan. Buning sababi bino qurilayotgan paytdagi energetik krizis bilan bog`liq.
Rokfeller markazi. Bu yerni shahar ichidagi shahar deb atasa ham bo`ladi. U Nyu-Yorkning 5-6-avenyulari o`rtasida joylashgan 19 ta binodan tashkil topgan. Markazda haykaltarosh Li Louri yasagan Prometey haykali qad rostlab turibdi.

null
BALAND BINOLAR QURISHGA SABAB
Eyfel minorasi qurilgunga qadar dunyodagi eng baland inshoot Xeops piramidasi edi. XIX arsga kelib AQSHda bunday binolar qad rostlay boshladi. Uning qurilishi juda foydali edi. Shahar markazida kichik yerga katta bino qurish qimmatli bo`lgan yerni tejashda katta ahamiyatga ega edi. Lekin, ko`p narsa o`zgardi. Binolar qurilishi bugungi kunda Nyu-York, Los-Anjeles, Chikagodan Malayziya, Tayvan, Singapur kabi davlatlarga ko`chgan.
So`nggi 15 yil ichida qurilgan 10 ta osmono`par binoning 8 tasi Osiyoda qad rostlagan. Yevropada esa rekordchi minoralar yo`q.
Binolar faqatgina yer yetishmasligi sababli emas, balki imidj sifatida ham tiklanmoqda. Bu ham ko`chmas mulk bozorida o`ziga xos reklama sanaladi. Masalan bugungi kunda eng baland bino Taipei 101 binosi sanaladi. AQSHda qurilayotgan va kelasi yili qurilishi tugallanadigan binoni undan ham baland bo`lishi ko`zda tutilgan. 1776 funt (541,3 metr) bo`yga ega bo`ladigan Independense Tower 2008-yilda AQSHning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kuni ochiladi.
Dubayda qurilishi mo`ljallangan Burj Dubai («Dubay Minorasi»)ning qurilish ishlari 2009-yilda yakunlanadi. Umumiy hisobda 3 mlrd. dollar ketishi mo`ljallangan bu bino spiralsimon ko`rinishga ega bo`lib, 160 qavatdan tashkil topadi.
Yevropada eng baland bino Turning Torsodir. 54 qavat, 190 metr bo`y va 21 600 kv. metr maydonga ega bu bino HSB Malmo deb nomlangan shved kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jonni Orbekda havas uyg`otdi. Hozirda Jonni ham baland bino qurish ishtiyoqida.
Turnin Torso arlanib turishi bilan diqqatga sazovordir. Uning birinchi qavatidan boshlab oxirgi qavatigacha barcha qavatlari 90 daraja burchak ostida aylanadi. Buning ustiga manzarali san`ar asari ko`rinishida ishlangan derazalar binoga o`zgacha ko`rinish beradi. Bino bir-biriga nisbatan ma`lum burchak ostida turadigan 9 ta qismdan iborat. Binoda 147 ta boshqarma, 10 ta qavatida esa turli idoralar joylashgan. Bulardan tashqari bu yerda aholi ham istiqomat qiladi. Binoda har bir narsa ratsional minimalizm asosida qurilgan. Barcha aksessuarlar bir xil uslubda va kulrang ko`rinishga ega. Hatto oshxonalar ham kulrang granit bilan qoplangan.
Hisob-kitoblarga ko`ra odam uyida 5-6 soatda bajaradigan ishiga ishxonada 10-12 soatda ham ulgura olmas ekan. Shuning uchun ham osmono`par binolarga idora va yashash joylari joylashtirilgan. Masalan Turning Torsoda aholi yashash joylari joylashgan.
Burj Dubaining pastki 37 qavatida mehmonxona joylashadi. 45-108-qavatlarida aholi yashashi uchun uylar, qolgan qavatlarga esa turli idoralar joylashtiriladi. Binoning 124-qavatiga «yuragi baquvvatlar uchun ayvon» joylashtirish rejaga kiritilgan.
Osmono`par binolar qurilishidan maqsad iqtisodiy masalalardir. Birgina bino qurish orqali shu kompaniya nafaqat o`z nomini dunyoga yoyishga, balki o`sha davlat yoki shaharni ham ma`lum miqdorda mashhur bo`lishiga sabab bo`ladi. Shuningdek dunyoga mashhur kompaniyalar ham o`z ish joylarini baland binolarda bo`lishini istab qolishdi.
Masalan, «Nyu-York Tayms» gazetasi 2006-yilda Manxettenda o`z shtab-kvartirasini qurib bitkazdi. Tayms Skverning markazidagi 52 qavat va 319 metrlik binoda hozirda 2500 kishi faoliyat olib bormoqda. Avvallari gazeta hodimlari shaharning turli chekkalarida joylashgan yettita ofislarda faoliyat yuritishar edi.

MOSKVA SITI
Moskava meriyasi ham bunday binolar qurishga qiziqib qolgan. Bu haqda sizlarga avval xabar berib o`tgandik. «Moskva-Siti» deb nomlanadigan biznes markazi 600 metr balandlikka ega bo`ladi. U «xay-tek» uslubida quriladi. Qurilish arxitektor Normann Foresterning g`oyasi asosida bo`ladi. Janob Forester Moskva meriga 1000 metrlik binoning chizmasini ham ko`rsatgan. Lekin Yuriy Lujkovga 600 metrlisi ma`qul keldi.
Inshoot Yevropada birinchi bo`lish bilan bir qatorda AQSHning Empayr Steyt Bilding binosidan 1,5 barobar katta bo`ladi. Rejaga ko`ra binoning pastki qismlarida turli ofislar, o`rtasida mehmonxona va restoran, yuqori qismida esa maxsus mehmonlar uchun qarorgohlar bo`ladi.


Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 2883 | Добавил: Pakhtakor | Теги: ... | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz