Kino sanoati jadal rivojlangan sari unda ijod qilaёtgan ijodkorlarning mas`uliyatini ham yanada ortishi turgan gap. Zamonamiz tomoshabinlari ham endi anoiy emas, ularni oldi-qochdi lavhalar bilan aldab bo‘lmaydi. O‘z vaqtida ko‘klarga ko‘tarilgan durona kino asarlarni ko‘p o‘tmay yer bilan bir qilishi hech gap emas. Masalan, “Gladiator” filmida 124 ta, “Titanik”da esa 187 ta , “Matritsa”da 149 ta xato qayd qilingan. Ha, kinolar qanchalik dovruq qozonsa, xatolari ham shunga yarasha o‘sib borarkan. Sababi oddiy, jiddiy filmlarni tomoshabin yanada jiddiy, sinchkovlik bilan tomosha qiladi. Quyida o‘sha mashhur filmlarda qayd qilingan xatolardan misollar keltiramiz. “Titanik” filmida uchraydigan ba`zi xatoliklar Kemaning old qismi botayotgan mahalda chol bilan kampir yotoqxonada qo‘lini-qo‘liga berib hayot bilan vidolashyapti, hatto tomoshabin “Joyingiz jannatdan bo‘lsin» deb qo‘yadi achinganidan, lekin birozdan keyin o‘sha “marhumlar» qayiqlarga minayotgan bo‘lishadi. Hayot baribir shirin ekan-da, yoki bu rejissyorlarning xatosimi? Jek (Leonardo di Kaprio) va do‘sti kemaning oldida suzib borayotgan delfinlarni tomosha qilib borishadi. Lekin bitta muammo. Ikki tomoni oq bo‘lgan bu delfinlar faqatgina Tinch okeanida uchraydi. Atlantika okeaniga qandoq kelib olishdi ekan, hayron qolasan. Rouzning yoshligini jonlantirgan aktrisaning ko‘zlari yashil, lekin uning keksaygan paytini jonlantirgan kampirning ko‘zlari esa moviy. Tavba, odam qarigandan so‘ng ko‘zining rangi ham o‘zgarar ekan-da. Jek Rouzga sariq qog’ozga yozilgan maktub beradi, ammo “falakning gardishi bilan” Rouz xatni ochishi bilan qog’oz oq tusga kirib qoladi. Diqqat bilan tomosha qilgan tomoshabin Jekning restoranga kirganda oynali eshikka qarab suratga olayotgan kamerachining aksini ko‘radi. Kamerachi ham bir tarixda qolay, degan shekilli. Rouzning xonasida Pikasso mo‘yqalamiga mansub "Les Madamoiselles D'Avignoin" kartinasi ko‘rinadi va boshqa kuni shu asar muzeyda ko‘zga chalinadi. Lekin “Titanik”da na Sezanno, na Pikasso, na Monening asari bo‘lgan. Bu asar muzeylarda hozir ham savlat to‘kib turibdi. Rouz Jekka o‘zining portretini chizgani uchun Ruzveltning surati tushirilgan 10 sent beradi, aslida bunday tangalar 1946 yildan so‘ng ishlab chiqarilgan. “Troya”ning tarixiy xatolari Mashhur “Troya” filmida ham juda ko‘plab xatoliklar uchraydi. Ba`zilari esa quyidagicha: Troya qiroli Axilning chodirigi kirib ketgan bir mahalda tashqarida yomg’ir yog’atgan bo‘ladi. Shu payt birdan kutilmagan voqelik sodir bo‘ladi. Film ijodkorlaridan birining soyasi chodirga tushadi va asta-sekin yo‘qoladi. Antik davrda yunon askarlarining hech birida mo‘ylov bo‘lmagan, lekin Troya urushida qatnashgan jangchilar bu udumga o‘sha davrdanoq bo‘ysunishgani qiziq. Gektor Troya urushi boshlanganini xaloyiqqa xabar berayotgan paytda “Yashasin” nidolari eshitiladi. Biroq odamlarga qarasangiz og’izlari qimirlamasdan kuzatayotganiligini ko‘ramiz. Fonogramma o‘sha paytda ham bo‘lganmi, nima balo?! Gektor yarim tunda qochishga uringan Yelenani to‘xtatgan mahalda uning ko‘zlari yig’layverganidan shishgan, ko‘z yoshlari yonoqlaridan oqardi. Biroz o‘tgach, orqasiga qaraganida porlab turgan ko‘zlari bilan boqayotgan, tog’rirog’i, boshqatdan pardoz-andoz qilgan Yelenani ko‘ramiz. Ha, Yelena shunday xususiyatga ega ekan, shuning uchun uni og’irlab kelishgan bo‘lsa kerak. Bitta lavhada quyosh g’arbdan chiqadi, astag’firulloh. Troyaliklar qochayotgan mahalda lamalarni ko‘ramiz. Lekin lamalar faqat Lotin Amerikasida uchraydi. Yoki Troya yaqinida hayvonot bog’i bormikan?!
|