2005 yil men ko'llejga o'qishga kirdim. Kunlar o'tardi kursdoshlarim blan aka-ukadek opa-singildek bo'lib ketdik. Lekin bir qiz bor edi, men uni har ko'rganimda unga uzoq termulib qolardim menga nima bo'lyotganini bilmasdim. Shu-shu oradan bir yil vaqt o'ti. U blan juda yaqin bo'lib ketdik u ham menga befarq emasdi. Lekin u o'zini goh gohida mendan olib qochardi. Shunday bo'lsa ham men unga sevishimni aytdim. U sevgimni rad qilmadi. Oradan yillar o'tdi tuyg'ilarimiz kundan kunga kuchayib borardi hozirgachan bir-birimizni sevamiz bir-birimizga juda bog'lanib qolganmiz. Lekin u menni kuta olmasligi mumkin. Men uni yoqotishdan qo'rqaman, u men bilan tengdosh, meni qachongacha kuta oladi bilmadim. Men uylanishimga yana bir -ikki yil vaqt bor. Oramizdagi munosabatni uni uydigilari bilmaydi. Men esa nima qilishni bilmayman unga juda bog'lanib qolganman.