Britaniyadagi psixologik tadqiqot markazi olimlari ayollar va erkaklarning tush ko‘rishlari o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor, degan xulosaga kelishdi. Markaz a’zosi Filipp Xodsonning fikri shunday: «Ayollar ko‘pincha tushlarida bolalik damlarini yoxud ota-onalarini, chiroyli manzaralarni ko‘rishadi. Erkaklar esa ish, pul yoki avtomobil haqida ko‘proq o‘ylaganlari uchun bu holatdan uyquda ham xalos bo‘lolmaydilar». Tadqiqotchilar, hattoki aynan shu holat o‘g‘il va qiz bolalarda ham farqlanishini kuzatdilar. 600 nafar 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning tushlari bir xil bo‘lib chiqmadi, ya’ni qizlarning tushlariga ota-onalari, har xil mo‘’jizalar kirgan bo‘lsa, o‘g‘illar esa ulkan-ulkan hayvonlarni, velosipedlarni ko‘rishgan.