Shahzoda yana bir bor o'zining yakkaxon konsert dasturlari bilan Rossiya Federatsiyasi mehmoniga aylandi. Dog'iston Respublikasiga Shahzoda o'z yakkaxon konsert dasturi bilan birinchi marotaba borishi emas. Muxlislar har doimgidek olqishlar ila Shahzodani qarshi oldilar. Birinchi konsert 15 avgust kuni "Oazis" ko'ngilochar kompleksi hududida bo'lib o'tdi. Ushbu kompleks Kaspiy dengiz qirg'og'i, Derbent shahrida joylashgan. Ikkinchi konsert dasturi 16 avgust kuni Dog'iston poytahti Mahachkalada "Zolotaya Imperiya" ko'ngilochar kompleksi maydonida bo'lib o'tdi. Konsert dasturlari muxlislarda juda katta taasurotlar qoldirgan bo'lsa ajab emas.