NIKOHDAN O‘TISHGA... TRAMVAYDA Uylanish va turmushga chiqish orzusida yurgan yigit-qizlar xorijiy rusumdagi mashinalarda nikohni qayd qilish idoralariga borishni xush ko‘rishadi. Garchand dabdaba-yu as’asa baxtni belgilamasa ham, tantanavorlik bilan turmush qurish bugungi yoshlarning tabiatiga xosdir.
Novokuznetsk shahrida yashovchi bo‘lg‘usi yosh kelin-kuyovlar bu an’anadan voz kechdilar. Ular nikohlari rasmiylashtiriladigan joyga tramvayda borishga qaror qilishdi. Turfa rang sharlar, plakatlar bilan bezatilgan tramvayga nafaqat kelin-kuyov, balki har ikkisining ota-onasi-yu tog‘a-ammasi, singlisi-yu akasi, opasi-yu ukasi, hattoki buvi va buvalari ham joylashib olgan edilar.
Shahar bo‘ylab to‘y sayohatini kelin-kuyovlarning taklifi bilan ular ishlaydigan 3-tramvay deposi rahbariyati tashkillashtirdi, deb xabar beradi «Kuznetskiy trakt» gazetasi.
Darvoqe, xorij mashinalaridan ko‘ra tramvayda borib nikohdan o‘tish esda qolarli voqea bo‘lsa kerak.