Roppa-rosa bir hafta avval Sardor Rahimxon Rayhonga sovchi jo'natdi, qabilidagi maqolani taqdim etgan edik. Endi ushbu maqolaning uzviy bog'liq bo'lgan davomini havola etamiz. Xo'sh, aslida ham shundaymi? Sardor Rahimxon hamda Rayhonning nikoh to'ylari bo'lib o'tadimi?
Aniqlik kiritamiz... Bu mavzu bo'yicha har ikki xonanda bilan bog'langan holda haqiqatni yuzaga chiqaramiz. Aslida, bu ikki ijodkorni nima bog'lab turibdi? Bu ikki mega yulduz birgalikda ajoyib tarona kuylashga qaror qilishgan. "Sevgi o'yinmas" deb nomlangan ushbu qo'shiq albatta barchaning diqqatini tortishiga shubha yo'q. Zero, qo'shiq ijrochilari bugungi kunda estradamizning eng yorqin xonandalari hisoblanadilar. Bizning portalni kuzatib boring va siz eng birinchi bo'lib ushbu taronani tinglashga sazovor bo'lasiz. sb.uz