“SEVGILIMNING BOLASI BOR” Men bir qizni sevib qoldim. U bilan internet orqali ikki-uch oy gaplashib yurdik. Bir marta ko‘rishdik. Uchrashgandan so‘ng unga uylanishga qaror qildim.
Oyimga uning uy manzilini so‘rattirib, sovchilikka jo‘natdim. Biroq... oyim so‘ppayib kirib kelganlarida, yuragim orqasiga tortib ketdi. Bilsam, men sevgan qiz turmushga chiqib ajrashgan, bitta bolasi bor ekan. O‘zimni aldangandek his qildim, ammo uni hali ham sevishimni bilaman. Nima qilishga hayronman. Menga maslahat beringlar.