Kuni kecha Elyor Mahkamov bo'ydoqlar safidan chiqdi. Uning visol kechasi poytaxtimizda joylashgan "Uch chinor" restoranida bo'lib o'tdi...
Elyor Mahkamovning to'yi juda ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Estradamizning barcha vakillari ushbu visol oqshomida o'zlarining kuyu-qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, Farruh Zokirov, Mavluda Asalxo'jaeva, Manzura, Samandar, Mirjamol, Radius 21, Nilufar Usmonova, Shohruhxon, Dilshod Xoliqov, Aziz Rametov, "UzTIM" guruhi, Madina Mumtoz, Sheroz, Davron Ergashev va boshqalar... Nikoh kechasi yarim tunga qadar davom etdi. Shu o'rinda Elyor Mahkamovga oilaviy baxt tilaymiz.