Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 17 » TEST
|
«ASABLARINGIZ QAY HOLATDA?»
Biz XI asrda yashayapmiz. Dunyoning har qarichida hayot qaynaydi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, gohida asabiylashishga, qayg‘urishga majbur bo‘lamiz. Xo‘sh, asablaringizni tekshirib ko‘rishni xohlaysizmi? U holda quyidagi test savollariga javob bering.
1. Nimadir xarid qilish uchun uzundan-uzoq navbatda turishni xohlarmidingiz?
a) hech qachon (0 ball)
b) agar o‘zim uchun juda kerakli buyum bo‘lsa, navbatda turishga majburman (6 ball)
v) undan ko‘ra uzoqda bo‘lsa ham, boshqa do‘konga yo‘l olaman (3 ball)
2. Telefon jiringlab qolsa seskanib ketasizmi?
a) ishda telefon qo‘ng‘iroqlariga shu qadar o‘rganib ketganmanki, jiringlaganini sezmay ham qolaman (6 ball)
b) ha (0 ball)
v) yo‘q (8 ball)
3. Boshqa shaharga ketayotgan bo‘lsangiz, poezd jo‘nashiga qancha qolganda vokzalga yetib kelasiz?
a) bir soat oldin (3 ball)
b) qirq besh daqiqa oldin (9 ball)
v) yarim soat qolganda (0 ball)
4. Asabiy, qayg‘uga botgan odamning yonida tursangiz, uning holati sizga ham ta’sir qiladimi?
a) agar u yaqin kishim bo‘lsa, ta’sir qiladi (4 ball)
b) agar muammosini hal etib bera olmasam (6 ball)
v) bunday holat har doim ta’sir qiladi (1 ball)
5. Nima to‘g‘risidadir qattiq qayg‘urayotganingizda salomatligingiz yomonlashadimi?
a) yo‘q (8 ball)
b) bo‘lib turadi (5 ball)
v) ha, kun bo‘yi o‘zimga kela olmay yuraman (0 ball)
6. “Vaqti kelib, hammasi joyiga tushadi”, degan gap siz uchun to‘g‘rimi?
a) juda to‘g‘ri (10 ball)
b) to‘g‘ri bo‘lsa qaniydi, ammo men bunga ishonmayman (3 ball)
v) avvalo, odamning o‘zi harakat qilishi lozim (6 ball)
7. Majlisga kech qolsangiz, qalbingizda qanday tuyg‘ular tuyasiz?
a) hammayam kechikishi mumkin (8 ball)
b) kechiksam majlisga kirmay qo‘ya qolaman (0 ball)
v) xijolat chekaman (6 ball)
8. Ishingiz ko‘paygandan-ko‘payib ketdi deylik. Ish kam paytidagidan yaxshiroq unadimi yo aksinchami?
a) yaxshiroq unadi (6 ball)
b) zo‘rg‘a ulguraman (0 ball)
v) ish kamligida qanday ishlasam, shunday ishlayveraman (10 ball)
9. Tiqilinchga toqat qila olasizmi?
a) ba’zida toqat qilaman, ba’zida yo‘q (6 ball)
b) toqat qila olmayman. Shu sababli ham asabiylashaman (1 ball)
v) menga farqi yo‘q (9 ball)
10. Begona joyda yaxshi uxlaysizmi?
a) sharoiti o‘zimga yoqsa, yaxshi uxlayman (6 ball)
b) sharoiti zo‘r bo‘lsa ham, baribir, uxlay olmayman (1 ball)
v) har qanday joyda hech narsa bo‘lmagandek uxlayveraman (10 ball)
NATIJALAR
35 balldan kam.
Siz juda nozik tuyg‘ulisiz va shuning orqasidan tez-tez azoblanasiz. Buning sababi nimadaligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Sababi, siz judayam qo‘rqoqsiz. O‘zingizga unchalik ishonmaysiz yoxud siz yashab turgan muhit sizga mos emas. Agar shunday muhit bo‘lganda, asabiylashmagan bo‘lardingiz. Baribir, asabiylashgan paytlaringizda biror qarorga kelishga shoshilmang. Yaxshisi, yigirmagacha sanang. Hammasi o‘tib ketadi.
36-70 ball.
Siz xotirjam insonsiz. Kamdan-kam hollarda asabiylashasiz. To‘g‘ri, agar arzirli sabab bo‘lsa, sizni asabiylashishga majbur etish qiyin emas. Faqat aksar vaziyatlarda har bir masalaga to‘g‘ri baho berishingiz sizni mana shunday tasodiflardan asrab qoladi.
71 va undan ortiq ball.
Ha, asablaringiz temirdek mustahkam! O‘zingiz kerak bo‘lganda boshqalarni jahl qilishga, jazavaga tushishga majburlashingiz mumkin. Basharti, suhbatdoshlaringiz sizga yoqinqiramay qolsa, shu lahzadayoq o‘rtaga ko‘rinmas devor o‘rnatasiz-u, xotirjam yashayverasiz. Bu o‘zingizni baxtsiz his etishga majburlasa-da, lekin bir narsani bilasiz: hech kim hech qachon ortiqcha so‘z aytolmaydi va tinchingizni ham buza olmaydi.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 2143 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 1.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|