Sevgingizdan oson kechib xayr desangiz, Nechun meni o`zingizga begim dedingiz. Sevgi uchun kurashmasdan kechir desangiz, Meni nechun sevgandingiz kurashmasangiz. Yoningizga borob birga kurashay desam, Aro yo`lda qoldirib siz keting dedingiz. Sizdan kutgan so`zlarimni aytolmasangiz, Meni nechun sevgandingiz kurashmasangiz. Ayting nechun kurashmasdan ojiz qoldingiz, Faqat sizni sevaman deb ishontirdingiz. Oxir chog`da xayr debon befarq ketsangiz, Ayting nechun sevgandingiz kurashmasangiz. ---------------------------------------------- Bu dunyoda sevgisiga barcha birdek yetolmas Boshingizni toshga urib sevgingizni ayblamang. Balki u ham sizni eslab yurak bag`rin nimtalar, Aybingizni yashirib siz sevgingizni ayblamang. Qiz aytadi yigit aybdor, yigitga esa aksi, Peshonada yozilgan bor sevgingizni ayblamang. Yillar o`tib baxtsiz bo`lsang,baxtsiz ko`rsangiz uni, Kimni aybdor bilsangiz ham sevgingizni ayblamang. Taqdiringiz ayro tushdi chidang endi hayot shu, Baxtin tilang sevgingizni baxtsiz bo`lsa azob shu. Hayotiyizda ne tashvishlar ko`rsangizda do`stlarim, Hayotda-ku, Hayolda ham sevgingizni ayblamang.
|