Ikki yil avval bir yigit bilan tanishgandim. U bilan bir-birimizni yaxshi tushunib qolgandik. Shu ikki yil ichida atigi uch marta ko‘rishdik, qolgan paytlarda xat orqali dillashib turdik.
Nazarimda, biz baxtli juftlik bo‘lishimiz mumkin edi. Uning ko‘zlaridan menga befarq emasligini sezardim, lekin negadir sevgi izhor qilishga shoshmasdi. Men ham unga dilimdagini aytolmasdim. Faqat yot narsalar haqida gaplashardik.
Men undan sado chiqishini ancha kutdim. Biroq u hech nima demadi. Oxir-oqibat, boshqasiga rozilik berdim. Yaqinda to‘yim bo‘ladi. U esa hamon miq etmayapti. Go‘yo ichidagini ichiga yutib yashashga ahd qilganday...
Nima bo‘lsa ham, unga baxt tilayman. Yo‘limiz ayri ekan, nachora?