Uzbekiston Respublikasi Markaziy Banki 2009 yilning 1-Sentyabrdan Toshkent shaxrining 2200 yilligiga bag'ishlab 100 So'm qiymatidagi ikki xil turdagi tanga pullarini muomilaga chiqaradi. Tangalar mis va nikel qotishmasi bilan qoplangan polatdan tayyorlanadi, rangi oq rang.
Birinchi turdagi tanganing old tomoni (avers)da "Mustaqilik va ezgulik" monumenti tasvirlangan.
Monumentning chap tarafida tangani qiymati "100" raqami yozilgan. Raqamning tagida lotin bosma xarflar bilan "so'm" so'zi yozilgan.Monumentning yuqori qismida aylana bo'ylab "TOSHKENT SHAHRINING 2200 YILLIGI" yozuvi tushirilgan.
Ikkinchi turdagi tanganing old tomoni (avers)da “Esgulik arkasi” monumenti tasvirlangan. Monumentning yuqori qismida tanganing qiymati “100”raqami yozilgan.Raqamning tagida lotin bosma xarflar bilan “so’m” so’zi yozilgan. Monumentning yuqori qismida aylana “TOSHKENT SHAHRINING 2200 YILLIGI” YOZUVI TUSHURILGAN.
Yuqorida bayon etilgan ikki xil turdagi tangalarning orqa tarafi (revers)lari markazida Uzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan.Gerbning tashqi qirrasi bo’ylab bosma lotin xarflar bilan “O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI”so’zlari aylansimon ko’rinishda yozilgan.Gerb tagining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo’rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan “2009” raqami ko’rsatilgan.
Tangalarning yon qirrasi (gurti) da xar bir guruhda 10 donadan jami 100 dona bo’rtib chiqqan qirralar.
Muomalada yurgan biletlar va tangalar qatorida muomala chiqarilyotgan ushbu 100 so’m qiymatiga tangalar barcha xo’jalik sub’ektlarda va axoli tomonidan xech qanday cheklanmagan xolda yozilgan qiymatni bo’yicha barcha to’lovlar uchun qabul qilinishi shart