Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 13 » RIVOYAT
|
Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi. -Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a! -Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi. -Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?! -Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman… arzimaydi… Kulgim qistadi. -Hazillashyapsanmi? -Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku! Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi… Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi. Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda: -Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim. Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarinio‘qishlarini kutar edi.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1266 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|