Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 12 » TEST
|
«SIZ QANDAY TADBIRKORSIZ?»
Xo‘sh, tadbirkor hayotda qanday ish tutgani ma’qul? Tavakkalchilik bilanmi yoki boshqalarning fikri bilan? Albatta, tadbirkor uchun mustaqillik, tavakkalchilik ma’qulroq. Lekin boshqalarning fikrini hamisha yo‘qqa chiqaraverish ham inqirozga olib kelishi mumkin.
Ushbu test yordamida o‘zingizni tekshirib ko‘ring.
1. Ko‘pchilik do‘stlari bilan o‘zaro fikrlashib yashasa, o‘zini baxtli his etadi. Siz-chi?
a) qo‘shilaman 0
b) ishonchim komil emas 1
v) qo‘shilmayman 2
2. Yoshlikda siz maktabdagi sport tadbirlarida faol ishtirok etganmisiz?
a) ba’zan 2
b) tez-tez 1
v) biror tadbirda ishtirok etmaganman 0
3. Agar ilmiy ish qilishingizga to‘g‘ri kelsa, boshqa hamkasblar bilan emas, alohida kabinetda o‘tirib ishlashni ma’qul ko‘rarmidingiz?
a) ha 2
b) bilmadim 1
v) yo‘q 0
4. Siz tinchgina, bir o‘zingiz, yaqin do‘stlardan yiroq yashashni yoqtirasizmi?
a) ha 2
b) unchalik ishonmayman 1
v) yo‘q 0
5. Siz qiyin muammolarni qanday hal etishni ma’qul ko‘rasiz?
a) boshqalar bilan birga 0
b) bilmadim 1
v) tanho o‘zim 2
6. Siz turli norasmiy tadbirlarda ishtirok etib turasizmi?
a) ha 0
b) unchalik emas 1
v) yo‘q 2
7. Siz haqingizda boshqalar yomon fikrda bo‘lsa, qayg‘uga botasizmi?
a) juda 0
b) sal 1
v) umuman e’tibor qilmayman 2
8. Har qanday ishni siz:
a) bu ishdan xabardorlar davrasida amalga oshirishni istardingiz 0
b) bu haqda o‘ylab ko‘rmagan ekanman 1
v) mustaqil bajarishni istayman 2
9. O‘z ishingizni yolg‘iz rejalashtirish tarafdorimisiz?
a) ha 2
b) o‘zimga unchalik ishonmayman 1
v) yo‘q 0
10. Siz ishni qanday o‘rganasiz?
a) turli adabiyotlardan, qo‘llanmalardan 2
b) o‘zmcha tasavvur etgan holda 1
v) boshqalar ko‘magida. 0
NATIJALAR:
6 balldan kam.
Siz boshqalarning fikriga suyanib ish ko‘rishga odatlangansiz. O‘zingiz mustaqil biror ishni rejalashtirishga o‘rganmagansiz. Mabodo boshqa bir guruhga qo‘shilib qolsangiz, bormi, shu zahoti bungacha sizga ko‘mak berganlarni unutib yuborasiz.
7 dan 13 ballgacha.
Sizning fikr almashadigan o‘z guruhingiz bor. Duch kelgan odam bilan fikrlashib ketavermaysiz. Shu bilan birga o‘z mustaqil fikringizga ham egasiz.
14 dan 20 ballgacha.
Siz boshqalardan faqat mustaqil fikringizga tayanib ish ko‘rishingiz bilan butkul ajralib turasiz. Shunga odatlangansiz. To‘g‘ri, do‘stlaringiz ham yo‘q emas. Faqat siz ularning yordamiga, qo‘llab-quvvatlashlariga o‘zingizda umuman muhtojlik sezmaysiz. Biror ish boshlashga ahd qildingizmi, tamom, oldin o‘ylab ko‘rasiz. Basharti, tuzuk-quruq to‘xtamga kela olmasangiz, tavakkal qilasiz-qo‘yasiz.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1508 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|